2023-yil oxirigacha Xorazm viloyatiga 100 ta yangi yo‘lovchi avtobus keltiriladi, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, viloyatdagi yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi Bunyodyo‘lovchitashish kompaniyasi Xitoyning Zhongtong Bus Holding kompaniyasi bilan shahar yo‘nalishlari uchun 100 ta avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Kelishuvga ko‘ra, avtobuslarni yil oxirigacha yetkazib berish rejalashtirilgan.

Xabarda shartnoma miqdori haqida ma’lumot berilmagan.

Zhongtong Bus — bu Xitoyning eng yirik avtobus ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, 1958-yilda tashkil etilgan. Kompaniya 6−18 metr uzunlikdagi avtobuslar, xususan, elektrobus va trolleybuslar ishlab chiqaradi.