13-avgust kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Qoradaryo daryosidan 11 yoshli bolaning jasadi topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Soat 17:50 atrofida Oltinko‘l tumanida yashovchi D.A. IIBga qo‘ng‘iroq qilib, daryodan o‘g‘il bola murdasi topilganini bildirgan.

Surishtiruv natijasida jasad shu tumanda yashovchi 2012-yilda tug‘ilgan T.A.ga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan. Jasad sud tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagan, deyiladi xabarda.