14-avgust kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha Toshkentning Shayxontohur va Uchtepa tumanlarida gaz, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarida esa issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

Gaz

Shayxontohur tumani

Aholi iste’molchilari: 3-sonli Markaziy issiqlik qozonxonasi, “Suzuk ota” MFY 150 ta, “Samarqand Darvoza” 2 ta 12-qavatli uy, “Tinchlik” MFY 350 ta yerli xonadon, “Ilg‘or” MFY 450 ta, “Jar-ariq” MFY 300 ta yerli xonadon, “Ko‘kcha” MFY 350 ta, “Islomobod” MFY 150 ta yerli xonadon, “Yangi shahar” MFY 300 ta yerli xonadon, 1 ta 9 qavatli uy, “Obinazar” MFY 250 ta yerli xonadon, 9 ta ko‘p qavatli uy, “Katta xovuz” MFY 350 ta yerli xonadon,"Oqlon" MFY 200 ta yerli xonadonlar.

Ulgurji iste’molchilar — 11 ta: Tapchan restoran, Tapchan kafesi, Mumtoz restorani, Uyg‘ur milliy toamlari va kepsi, Uyg‘ur qizil kafe norin, 1-sonli shifoxona, Tanho kafesi, Diydor choyxonasi, Feed up fast foof, Avtosalon 2-ta, Ko‘kcha masjid, Ko‘kcha koshonasi, Oqsoy uyg‘ur milliy taomlari.

Uchtepa tumanining “Bog‘ichinor”, “Istirohat”, “Shaftolizor” mahallalari.

Issiq suv

Shuningdek, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining ayrim joylarida issiq suv bo‘lmaydi. Issiq suvni o‘chirish quyidagi hududlar va joylarga ta’sir qiladi:

Shayxontohur tumani: Chorsu, Qoratosh, Beshyog‘och, Xuvaydo, Anxor Sohili massivlari, Zarqaynar kochasi, S-10, 11, 13, 14, 26, 27 va 28.

Olmazor tumani: B1, B2, B-3, Niyozov, Beruni maydoni, Talabalar shaharchasi, Hamidxonov, Qoraqamish 2/1.

Chilonzor tumani: Olmazor, Turob to‘la va Abay massivlari.

Gaz ta’minoti qayta tiklangandan va 3-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng issiq suv ta’minoti tiklanishi qayd etilgan.