Poytaxtdagi 2984 ta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan — Raqobat qo‘mitasi
18 sentabr 2023, 11:52

Poytaxtdagi 2984 ta reklama obyekti noqonuniy joylashtirilgan — Raqobat qo‘mitasi

Toshkent shahridagi 2984 ta reklama va axborot obyektlari noqonuniy joylashtirilgani, 6004 tasi esa talablarga mos emasligi aniqlandi, deya ma’lum qildi Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi. Qolaversa, 159 ta reklama davlat tilida emas, balki boshqa tillarda berilgan.

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
18 sentabr 2023, 11:26

Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Seshanba kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelib, harorat pasayadi. Hafta davomida harorat kunduzi +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Maldiv orollariga ta’tilni oldindan band qilish uchun beshta sabab
18 sentabr 2023, 11:00

Maldiv orollariga ta’tilni oldindan band qilish uchun beshta sabab

Milliy turoperator Asialuxe Travel Maldiv orollarida ta’tilni oldindan band qilishning afzalliklari haqida gapirib berdi.

Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
18 sentabr 2023, 10:28

Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Ar-Riyodda o‘tgan Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasida Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondagi 31 ta obyektidan iborat Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Saudiya Arabistonida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha JCHda O‘zbekiston 7 ta medal oldi
18 sentabr 2023, 10:18

Saudiya Arabistonida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha JCHda O‘zbekiston 7 ta medal oldi

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza (jami 7 ta) medalini qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoa Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.

Toshkentdagi uchta tumanning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
18 sentabr 2023, 10:14

Toshkentdagi uchta tumanning ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Yashnobod, Uchtepa va Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida 18 va 19-sentabr kunlari gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Vashingtonda o‘tgan O‘zbekiston-Amerika biznes forumida 12 ta hujjat imzolandi
18 sentabr 2023, 09:54

Vashingtonda o‘tgan O‘zbekiston-Amerika biznes forumida 12 ta hujjat imzolandi

Prezidentning AQShga tashrifi arafasida Vashingtonda O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Energetika, mashinasozlik, AKT, qishloq xo‘jaligi, moliyaviy-texnik va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohalari bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi.

O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mga yetdi
17 sentabr 2023, 22:09

O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mga yetdi

Sakkiz oy davomida O‘zbekiston davlat budjeti taqchilligi qariyb 40 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tgan ikki oyda xarajatlar daromaddan 12,2 trln so‘mga oshdi. Eslatib o‘tamiz, hukumat 2023-yil yakunlari bo‘yicha profitsit bo‘lishini prognoz qilgan edi.

“O‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi”. Jamoatchilik akademik Naim Karimov haqida
17 sentabr 2023, 19:20

“O‘zbek adabiyotining tirik ensiklopediyasi edi”. Jamoatchilik akademik Naim Karimov haqida

Adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimovning vafoti jamoatchilikni chuqur qayg‘uga soldi. Faollar ijtimoiy tarmoqlarda olimning hayoti, ijod yo‘li va faoliyati bilan bog‘liq iliq xotiralarni esga oldi. “Gazeta.uz” ularning bir qismini bir materialga jamladi.

Oqoltinda ko‘prik cho‘kishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘lining bir qismida harakat cheklandi
17 sentabr 2023, 14:58

Oqoltinda ko‘prik cho‘kishi oqibatida Toshkent-Termiz yo‘lining bir qismida harakat cheklandi

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining Toshkent-Jizzax yo‘nalishida ko‘prik cho‘kishi oqibatida harakat cheklandi. Haydovchilar uchun aylanma yo‘l tashkil etildi. Toshkentga yo‘l olgan transport vositalari eski yo‘ldan harakatni davom ettirishlari mumkin.

Akademik Naim Karimov vafot etdi
17 sentabr 2023, 11:46

Akademik Naim Karimov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim va akademik Naim Karimov 90 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkka bordi. Uni shahar meri kutib oldi
17 sentabr 2023, 10:42

O‘zbekiston prezidenti Nyu-Yorkka bordi. Uni shahar meri kutib oldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka yetib bordi. Bir necha kun davom etadigan tashrif doirasida u BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

Buxoroda Spark`da 25 nafar bolani olib ketayotgan haydovchi aniqlandi (video)
16 sentabr 2023, 18:10

Buxoroda Spark`da 25 nafar bolani olib ketayotgan haydovchi aniqlandi (video)

Buxoro viloyatida Spark avtomobilida 25 nafar yosh bolani mindirib olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi. Haydovchi bog‘cha mudirasi bo‘lib, bolalarni uyiga shunday tarzda olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi
16 sentabr 2023, 16:32

Beshta viloyat sudlariga raislar tayinlandi

Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudlarining raislari lavozimidan ozod etildi. Farg‘ona viloyati sudiga yangi rais tayinlandi.

Ichki ishlar vaziriga axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi
16 sentabr 2023, 15:01

Ichki ishlar vaziriga axborot texnologiyalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zufar Qurbonov ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

“Svet” va gazning yangi tariflari tasdiqlandi. Gaz “zapravka”lardagi narxlarga cheklov o‘rnatildi
16 sentabr 2023, 14:39

“Svet” va gazning yangi tariflari tasdiqlandi. Gaz “zapravka”lardagi narxlarga cheklov o‘rnatildi

1-oktabrdan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi. Tariflar aholi uchun o‘zgarishsiz qoldi. Shuningdek, gaz “zapravka”larda 6 oy davomida narxni 3250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Tashabbusli budjet 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi
16 sentabr 2023, 12:58

Tashabbusli budjet 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 2-mavsumiga ovoz berish 16-sentabrda yakunlandi. Jami 1187 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,4 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi. G‘olib bo‘lgan hududlarda yashovchilar g‘alabani bayram bilan nishonlashmoqda.

Markaziy Osiyo−AQSh sammiti hech qaysi davlatga qarshi qaratilgan emas — Jeyk Sallivan
16 sentabr 2023, 12:31

Markaziy Osiyo−AQSh sammiti hech qaysi davlatga qarshi qaratilgan emas — Jeyk Sallivan

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Markaziy Osiyo va AQSh prezidentlarining bo‘lajak sammiti “hech bir davlatga qarshi qaratilmagan”. “Bu biz ishlashni istagan mamlakatlar bilan ijobiy kun tartibi haqida”, dedi u.

Surxondaryoda 9,3 kg narkotik moddaning savdosiga chek qo‘yildi — DXX
16 sentabr 2023, 11:43

Surxondaryoda 9,3 kg narkotik moddaning savdosiga chek qo‘yildi — DXX

DXX Surxondaryo viloyatida 9,3 kg narkotik moddaning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni qo‘lga oldi.

General Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi
16 sentabr 2023, 10:14

General Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi

Mamlakatda harbiy fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan iste’fodagi general-mayor, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professori Aleksandr Shishlyannikov vafot etdi. U 1993−1995-yillarda Tojikiston birinchi mudofaa vaziri lavozimida vaqtincha ishlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting