“Aholining zarari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi” — Sergeli tumani hokimi
28 sentabr 2023, 11:55

“Aholining zarari to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi” — Sergeli tumani hokimi

Sergeli tumanidagi omborxonadagi portlash oqibatida talafot ko‘rgan har bitta xonadon inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda, dedi tuman hokimi Elbek Shukurov. U yetkazilgan zarar to‘liq davlat tomonidan qoplanishini ta’kidladi. Hududda aholi uchun ovqatlanish va tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etilgan.

Sergelidagi talafotlarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi
28 sentabr 2023, 11:39

Sergelidagi talafotlarni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi

“Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir bo‘lgan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov boshchilik qiladi.

Sergelidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi — SSV
28 sentabr 2023, 11:21

Sergelidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi — SSV

Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida 163 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi SSV. Ularning 24 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Vazirlik 16 yoshli bolaning o‘limini tasdiqladi.

“Portlash xavfi bo‘lgan narsalar saqlanmagan” — Toshkentdagi portlash sodir bo‘lgan omborxona vakili
28 sentabr 2023, 10:27

“Portlash xavfi bo‘lgan narsalar saqlanmagan” — Toshkentdagi portlash sodir bo‘lgan omborxona vakili

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonada portlash xavfi bo‘lgan va yonuvchi moddalar bo‘lmagan, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ga Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) vakili. Rasmiy idoralar voqea yuzasidan o‘rganish o‘tkazmoqda. Majmua haqida nimalar ma’lum?

Sergelidagi portlash joyidan fotoreportaj
28 sentabr 2023, 09:55

Sergelidagi portlash joyidan fotoreportaj

Kechasi Toshkentdagi Quruvchilar dahasida joylashgan omborda yuz bergan kuchli portlash yong‘inga sabab bo‘ldi. Ko‘p qavatli uylarning oynalari singan. Jabrlanganlar bor, ammo ularning soni ochiqlangani yo‘q. Voqea joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari u yerdan fotoreportaj tayyorladi.

Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi — Shavkat Umurzoqov
28 sentabr 2023, 09:31

Portlashda jabrlangan uy egalariga yetkazilgan zarar qoplanadi — Shavkat Umurzoqov

“Quruvchilar” dahasidagi portlash oqibatida shikastlangan uylar egalariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi. “2−3 kun ichida bu muammolarni hal qilamiz”, — dedi voqea joyiga yetib kelgan poytaxt hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.

YeI O‘zbekistonda o‘smirlar uchun kinematografiyani o‘rgatish bo‘yicha ta’lim loyihasini amalga oshiradi
28 sentabr 2023, 09:03

YeI O‘zbekistonda o‘smirlar uchun kinematografiyani o‘rgatish bo‘yicha ta’lim loyihasini amalga oshiradi

Yevropa Ittifoqi FOCUS kino va teatr maktabi bilan birgalikda bolalar uchun kinoloyihani amalga oshirmoqda. O‘smirlar uchun bepul o‘quv moduli O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida kino va teatr sohasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari ritorikasi genotsidga da’vatga o‘xshaydi — BMT
28 sentabr 2023, 08:38

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari ritorikasi genotsidga da’vatga o‘xshaydi — BMT

Rossiya ommaviy axborot vositalarining Ukrainadagi urush haqidagi ritorikasini genotsidga chorlash deb hisoblash mumkin, deya ta’kidladi BMT komissiyasi. Rossiya armiyasining harbiy jinoyatlari, jumladan, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari va qiynoqlarga yo‘l qo‘yganiga oid ko‘plab dalillar ham to‘plandi.

Sergelida kuchli portlash: jarohatlanganlar bor, uy va boshqa obyektlarga zarar yetgan (foto, video)
28 sentabr 2023, 06:31

Sergelida kuchli portlash: jarohatlanganlar bor, uy va boshqa obyektlarga zarar yetgan (foto, video)

Tunda Toshkentning Sergeli tumanidagi omborxonada kuchli portlashdan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Tarmoqlardagi videolarda uy va boshqa obyektlarga jiddiy zarar yetganini ko‘rish mumkin. Yong‘in qurshab olingan, uni o‘chirish ishlari davom etmoqda (foto, video).

“Suv shusiz ham O‘zbekistonga oqib turibdi”. Sadir Japarov — Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv yetkazib berish haqida
27 sentabr 2023, 23:55

“Suv shusiz ham O‘zbekistonga oqib turibdi”. Sadir Japarov — Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv yetkazib berish haqida

“O‘zbek tomoni shusiz ham O‘zbekistonga oqib turgan suvni qanday olishining Qirg‘izistonga farqi yo‘q”, deya ma’lum qildi mamlakat prezidenti Sadir Japarov. U Farg‘onaga Kampirobod suv omboridan suv quvuri yotqizish rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarga shunday izoh berdi.

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi
27 sentabr 2023, 23:33

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Prezidentning Germaniyaga tashrifi arafasida O‘zbekistonning yangi elchisi Dilshod Axatov ushbu mamlakatga yetib bordi. U avval Hindistonda elchi bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi
27 sentabr 2023, 23:11

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi

Berlinda Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ularda O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etadi.

27-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
27 sentabr 2023, 22:49

27-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha jinoyat ishi sudga yuborilgani, “Dok-1 Maks” ishining sud tafsilotlari, “Antistrumin” dorisi mavzusiga chuqur kirmaslikni maslahat bergan SSV rahbari, Vatanga muhabbat haqida gapirgan prezident, “mahalla yettiligi” dasturi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi vafot etgan bolalarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi
27 sentabr 2023, 18:08

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi vafot etgan bolalarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.

Toshkent va Mayami o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi
27 sentabr 2023, 18:06

Toshkent va Mayami o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi

O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari hamda Mayami xalqaro aeroporti (AQSh) marketing bo‘yicha direktori Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam qatnovlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Senat farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq qonunni ko‘rib chiqadi
27 sentabr 2023, 17:50

Senat farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 45-yalpi majlisida farmatsevtika faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, pedogogning maqomi va yer to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Senatorlar Qurolli kuchlar tizimida qonuniylikni ta’minlash hamda ombudsman o‘rinbosarini saylash haqidagi qonunlarni ham muhokama qiladi.

IIV nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin
27 sentabr 2023, 17:26

IIV nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi jinoyat sodir etgan, jinoyat qilishi mumkin bo‘lgan hamda nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ro‘yxatini shakllantirishi mumkin. Buni nazarda tutuvchi qaror loyihasida tarbiyasi og‘ir o‘smirlarni mutasaddilar tomonidan otaliqqa olish tartibini joriy etish ham belgilangan.

Bloger Farhod Mannopov vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi
27 sentabr 2023, 16:54

Bloger Farhod Mannopov vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi

Bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilingan.

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari uchrashdi
27 sentabr 2023, 15:34

Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bosh shtab boshliqlari uchrashdi

Toshkentda O‘zbekiston, AQSh, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh shtablari boshliqlari mintaqaviy xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting