Saudiya Arabistonida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Barcha medallar erkaklar terma jamoasi tomonidan jamg‘arildi va Xitoydan so‘ng ikkinchi, ochkolar klassifikatsiyasi bo‘yicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan so‘ng beshinchi pog‘onadan joy egalladi. Mazkur musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion xarakterga ega bo‘lgan musobaqa hisoblanadi.

Shohsupaga ko‘tarilgan atletlar:

Oltin:

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish)

-109 kg: Akbar Jo‘rayev (dast ko‘tarish)

-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish)

-109 kg: Akbar Jo‘rayev (ikki kurash)

Kumush:

-109 kg: Akbar Jo‘rayev (siltab ko‘tarish)

-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)

Bronza:

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)

Endi terma jamoa Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonidan Xitoyga boradi.