Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 nafar ayol vafot etdi
26 fevral 2021, 09:29

Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 nafar ayol vafot etdi

Farg‘ona viloyatida «Lasetti-2» avtomashinasi «Matiz» bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» dagi ikki yo‘lovchi vafot etdi. Mashina haydovchilari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent yaqinida dendropark va Olimpiya shaharchasi quriladi
25 fevral 2021, 23:58

Toshkent yaqinida dendropark va Olimpiya shaharchasi quriladi

Yangi aerodrom yaqinida faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat dendropark (155 gektar), shuningdek, uning yonida Olimpiya shaharchasi (160 gektar) qurilishi rejalashtirilmoqda. Chirchiq daryosining qirg‘oqlarida ham park (270 gektar) bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi
25 fevral 2021, 23:16

O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 20-fevraldan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Tashkilotchilarga sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilish, ekspozitsiyalar orasida 3 metr masofani ta’minlash kabi talablar qo‘yilmoqda.

Toshkentda 400 dan ortiq avariya holatidagi uylar buzib tashlanadi (aniqlashtirildi)
25 fevral 2021, 22:54

Toshkentda 400 dan ortiq avariya holatidagi uylar buzib tashlanadi (aniqlashtirildi)

Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan 400 dan ortiq avariya holatidagi uylar buziladi, deya ma’lum qildi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Shuningdek, yog‘och uylarning buzilishi ham boshlanadi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bu yili shuningdek, ikkita maktabni ochish, ikkita poliklinika qurish, tuman tez yordam xizmatini tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish reja qilingan.

Jahon yangiliklari dayjesti
25 fevral 2021, 20:42

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHda ayrim toifadagi chet elliklarga qo‘yilgan taqiqlarning bekor qilinishi, Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganlari, Avstraliyada Google va Facebook’ning mahalliy yangiliklar uchun pul to‘lashi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Xitoy qashshoqlik ustidan to‘liq g‘alabaga erishganini e’lon qildi
25 fevral 2021, 19:27

Xitoy qashshoqlik ustidan to‘liq g‘alabaga erishganini e’lon qildi

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatda qashshoqlik to‘liq bartaraf etilganini e’lon qildi. Hukumat so‘nggi 8 yil ichida buning uchun jami 246 mlrd dollar sarflab, deyarli 100 mln aholini qashshoqlik darajasidan olib chiqdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
25 fevral 2021, 19:20

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

Armaniston qurolli kuchlari Nikol Pashinyandan iste’fo berishini talab qilishdi
25 fevral 2021, 18:23

Armaniston qurolli kuchlari Nikol Pashinyandan iste’fo berishini talab qilishdi

Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatning iste’fo berishini talab qilmoqda. Nikol Pashinyan ushbu harakatni «harbiy to‘ntarish qilishga urinish» deb atadi.

«Avval bir rahbarning og‘ziga hamma qarab turar edi» — Tanzila Narbayeva
25 fevral 2021, 17:48

«Avval bir rahbarning og‘ziga hamma qarab turar edi» — Tanzila Narbayeva

«Avval bir rahbarning og‘ziga hamma qarab turar edi», dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva America Ovozi`ga bergan intervyusida. Uning aytishicha, hozirga qadar hududlarga «bir tiyin ham berilmas edi». Ayni shu sabab «paxtani yig‘ib olishda majburiy mehnat bo‘lgan». Narbayeva ikki davr rahbarlarining o‘rtasidagi farq juda kattaligini aytgan.

Farg‘onada ota bilan o‘g‘il voyaga yetmagan bolani kaltaklashdi
25 fevral 2021, 17:03

Farg‘onada ota bilan o‘g‘il voyaga yetmagan bolani kaltaklashdi

Farg‘ona viloyatida ota o‘z o‘g‘li bilan birga voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli bolani urib, tan jarohati yetkazgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi arzonladi
25 fevral 2021, 16:55

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga arzonladi va jami 10 538 so‘m etib belgilandi. Rubl kursi ham biroz pasaydi, yevro esa qimmatladi.

1-martdan ko‘chaboshi va uyboshilarga har oyda kompensatsiyalar to‘lanadi
25 fevral 2021, 16:45

1-martdan ko‘chaboshi va uyboshilarga har oyda kompensatsiyalar to‘lanadi

Ko‘chaboshi va uyboshilarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oyda kompensatsiya to‘lanadi. Bunda ularga biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatgani inobatga olinadi va 70 balldan yuqori ball to‘plagan taqdirda kompensatsiya puli beriladi.

Gaz quyish shohobchalari ish vaqti cheklanishi mumkin
25 fevral 2021, 16:43

Gaz quyish shohobchalari ish vaqti cheklanishi mumkin

Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 25 fevraldan gaz quyish shohobchalari ish vaqti cheklanishi mumkin. «Hududgazta'minot» gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan — kechki 15:00 vaqt oralig‘ida amalga oshirishni tavsiya qildi.

Turkmaniston poytaxtida «Toshkent» bog‘ini qurish uchun tender e’lon qilindi. Unda o‘zbek kompaniyalari ham qatnashishi mumkin
25 fevral 2021, 16:15

Turkmaniston poytaxtida «Toshkent» bog‘ini qurish uchun tender e’lon qilindi. Unda o‘zbek kompaniyalari ham qatnashishi mumkin

Turkmanboshi O‘zbekiston prezidentiga maktub yo‘llab, Ashxobodda «Toshkent» madaniyat va istirohat bog‘i qurilishini ma’lum qildi. Bog‘ni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha e’lon qilingan tenderga o‘zbek kompaniyalari ham taklif etildi.

Qashqadaryoda «Jiguli» 15 yoshli qizni urib yubordi
25 fevral 2021, 15:58

Qashqadaryoda «Jiguli» 15 yoshli qizni urib yubordi

Qashqadaryo viloyatida «Jiguli» haydovchisi yo‘lning katnov qismini kesib o‘tayotgan 15 yoshli qizni urib yubordi. Piyoda tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ikki nafar sirdaryoliklar Andijondan Mo‘ynoqqacha piyoda yo‘lga chiqdi
25 fevral 2021, 15:03

Ikki nafar sirdaryoliklar Andijondan Mo‘ynoqqacha piyoda yo‘lga chiqdi

Ikki nafar sirdaryoliklar Andijondan Mo‘ynoqqa qarab piyoda yo‘lga chiqishdi, ular Navro‘zni qoraqalpoq xalqi bilan birga nishonlamoqchi. Havaskor sportchilar 15 fevral kuni Andijondan yo‘lga otlanib, 9 kun deganda Toshkentga yetib kelishdi.

Samarqandda xotini va uning o‘ynashini o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi
25 fevral 2021, 14:49

Samarqandda xotini va uning o‘ynashini o‘ldirgan erkak 22 yilga qamaldi

Samarqandda xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan bo‘lgan erkakni savdo markazida pichoqlab o‘ldirgan fuqaroga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Pfizer/BioNTech vaksinasi 94 foizga samarali deb topildi
25 fevral 2021, 13:29

Pfizer/BioNTech vaksinasi 94 foizga samarali deb topildi

AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksina Isroildagi ommaviy vaksinatsiya jarayoni natijalariga ko‘ra, birinchi dozadan so‘ng samaradorlik 57%, ikkinchisidan so‘ng 94% deb topildi.

Yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etildi
25 fevral 2021, 13:19

Yo‘l harakati xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif etildi

Yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish qoidalariga qarshi jinoyatlarni og‘ir jinoyat deb topish tavsiya etildi. Jinoyat kodeksining yangi tahririda bunday qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin.

AQSH O‘zbekistonga mingga yaqin tilshunos o‘qituvchilarni yuboradi
25 fevral 2021, 13:13

AQSH O‘zbekistonga mingga yaqin tilshunos o‘qituvchilarni yuboradi

Amerika Kengashlari tomonidan O‘zbekistonga ingliz tilini rivojlantirish uchun 1000 ga yaqin o‘qituvchilarning yuborilishi rejalashtirmoqda. 2022 yil oxirigacha respublika hududida ta’lim yarmarkasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, «English Speaking Nation» dasturi doirasida 15 mingdan ziyod o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish ko‘zda tutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting