16-sentabr kuni “Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yilning 2-mavsumi yakunlandi. G‘oliblar ro‘yxati Open Budget saytida e’lon qilindi.

Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab jami 1187 ta loyiha g‘olib deb topildi. (2023-yil 1-mavsumda 1666 ta loyiha g‘olib bo‘lgandi). Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun esa 1,4 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

Qayd etilishicha, Open Budget portali orqali 33 489 ta tashabbus uchun 16,2 million ovoz berilgan.

G‘olib bo‘lgan hududlarda yashovchi odamlar g‘alabani boshlab yubordi. Ular ko‘chalarda to‘planib, karnay-surnay hamda baland musiqalarning sadosiga raqsga tushishmoqda.