2022-yilda tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan — FVV
29 sentabr 2023, 10:36

2022-yilda tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan — FVV

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 131 ta tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan. Ularda 287 kishi vafot etgan bo‘lsa, 300 ga yaqin fuqaro jarohatlangan. Hodisalarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.

Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ba’zi hududlari hamda 3 ta gaz “zapravka”da gaz vaqtincha to‘xtatiladi
29 sentabr 2023, 10:12

Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ba’zi hududlari hamda 3 ta gaz “zapravka”da gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim mavze hamda mahallalarga, shuningdek, 3 ta AGTKSHga 29-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3 kunga issiq suv o‘chiriladi
29 sentabr 2023, 09:33

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3 kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3-oktabrdan 6-oktabrgacha issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

BYD: Portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilinadi, yetkazib berish muddati o‘zgarmaydi
29 sentabr 2023, 07:01

BYD: Portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilinadi, yetkazib berish muddati o‘zgarmaydi

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiyaga yuboriladi, deb xabar berdi BYD. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi, deya ta’kidladi kompaniya.

28-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
28 sentabr 2023, 22:00

28-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada chiqqan kuchli portlash tafsilotlari: yong‘in keltirgan zararlar, vafot etgan va jarohatlanganlar, “An-Nasr” futbol klubidan ketgan Jaloliddin Masharipov, Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezd va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toqayev: Qozog‘iston sanksiya rejimiga so‘zsiz amal qiladi
28 sentabr 2023, 21:26

Toqayev: Qozog‘iston sanksiya rejimiga so‘zsiz amal qiladi

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga so‘zsiz amal qiladi, dedi mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev. U, shuningdek, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirib, Qozog‘iston Rossiyaning hududiy da’volaridan qo‘rqmasligini aytdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
28 sentabr 2023, 19:52

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Sarvar Xamidov va Olimxon Rustamov lavozimidan ozod etildi.

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi
28 sentabr 2023, 18:12

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi

Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan. Hech kim jarohat olmadi, deyiladi xabarda.

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi
28 sentabr 2023, 17:47

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi

Garri Potter haqidagi filmlarda Albus Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon 82 yoshida pnevmoniyadan ko‘z yumdi.

DXSH asosida bog‘cha ochish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi
28 sentabr 2023, 17:17

DXSH asosida bog‘cha ochish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni ochgan tadbirkorlarga bitimga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirildi.

Sergelidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 25 ta hovli, 1 ta maktab va 2 ta bog‘chaga zarar yetdi
28 sentabr 2023, 16:40

Sergelidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 25 ta hovli, 1 ta maktab va 2 ta bog‘chaga zarar yetdi

Sergeli tumanidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.

Sergelidagi yong‘inni o‘chirishga 8 soatdan ko‘proq vaqt ketdi
28 sentabr 2023, 16:05

Sergelidagi yong‘inni o‘chirishga 8 soatdan ko‘proq vaqt ketdi

O‘t o‘chiruvchilar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonadagi yong‘inni 8 soat davomida o‘chirdi. FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Sergelidagi portlash sabablarini o‘rganuvchi hukumat komissiyasiga qanday vazifalar yuklandi?
28 sentabr 2023, 16:03

Sergelidagi portlash sabablarini o‘rganuvchi hukumat komissiyasiga qanday vazifalar yuklandi?

Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasiga uch kun muddatda Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan portlash sabablarini o‘rganish, talafotlarni bartaraf etish hamda fuqarolarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Guardian: Rossiya Ukrainada ishlatayotgan dronlarda Yevropada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlar bor
28 sentabr 2023, 15:45

Guardian: Rossiya Ukrainada ishlatayotgan dronlarda Yevropada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlar bor

Rossiya Ukrainada qo‘llagan Eron kamikadze-dronlarida Yevropada ishlab chiqarilgan komponentlar mavjudligi aniqlandi, deya yozmoqda Guardian. Yevropa kompaniyalari mahsulotlari Eronga bir nechta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston orqali olib kirilgani ta’kidlangan.

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi
28 sentabr 2023, 14:57

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi

O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi. Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va protest bildirish tartibi belgilandi.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi
28 sentabr 2023, 14:40

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tugatiladi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rahbari 2024-yil 1-yanvardan uning faoliyatini tugatish va barcha davlat muassasalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qorabog‘ aholisini Ozarbayjon taqdim etgan reintegratsiya shartlari bilan tanishtirish taklif qilindi.

Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
28 sentabr 2023, 12:46

Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Bayram munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga Afrosiyob elektropoyezdlarining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi
28 sentabr 2023, 12:23

Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Sportchi avval Saudiyaning “An-Nasr” klubida to‘p surgandi.

Fotoreportaj: Toshkentdagi portlash joyida yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda
28 sentabr 2023, 12:10

Fotoreportaj: Toshkentdagi portlash joyida yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda

“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkent shahri Sergeli tumanidagi portlash sodir bo‘lgan joydagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. U yerda yong‘inni o‘chirish davom etyapti. Portlash oqibatida ochiq maydonda saqlanayotgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

Sergelidagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi — IIV
28 sentabr 2023, 12:04

Sergelidagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi — IIV

Sergeli tumanidagi portlash bo‘yicha IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Hozirda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting