Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgan ikki sobiq amaldorga qo‘yilgan ayblovlar qo‘shimcha tergov o‘tkazilganiga qaramay, deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko ma’lum qildi.

2022-yil sentabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tumani sudi Xorazm viloyati prokuraturasining viloyat adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i hamda Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq raxbarini 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Jamoatchilik mehribonlik uyi rahbari 3 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qizni 10 oy davomida jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani haqida 31-mart kuni chiqarilgan Nemolchi.uz maqolasidan so‘ng xabar topgan.

Sud qarori esa O‘zbekistonda keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan. Bosh prokuratura jazo o‘ta yengil bo‘lganini tan olgan, Xorazm viloyati prokuraturasi ishni qayta ko‘rib chiqish va jazoni kuchaytirish maqsadida birinchi instansiya sudining qarori ustidan protest keltirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining apellyatsiya instansiyasi tomonidan ish qayta ko‘rib chiqilgan. 19-iyul kuni ish prokurorga qaytarilgan. Qo‘shimcha tergov jarayonida ular “yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi”ni ko‘rib chiqishlari kerak edi. Sud ishni ko‘rib chiqishni bir oyga to‘xtatgan.

Avgust oyining oxirida ish sudga qaytarilgan. Irina Matviyenko sud majlislari jadvali e’lon qilinadigan, ayblanuvchilar va ayblovlar ko‘rsatilgan veb saytga tayanib ta’kidlashicha, Oliy sud ayblovni zo‘rlash sifatida qayta kvalifikatsiya qilmagan.

“Bu hech narsa o‘zgarmaganini anglatadi. So‘roq paytida qizlar jinsiy aloqa qilishga majburlanmaganliklarini aytishgan. Hech kim ularning qaram holatda ekanini hisobga olmagan. Ulardan biri ukasi bilan tahdid qilganidan keyin jinsiy aloqa qilishga rozi bo‘lgan. Biroq, shunga qaramay, tergov yana zo‘rlash alomatlarini topmadi. Men jazoning o‘zgarishsiz qolishi (1,5 yilga ozodlikni cheklash) yoki birozgina o‘zgarishidan qo‘rqaman”, — deb yozadi u.

nemolchi.uz, jinsiy зўравонлик, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, олий sud, хоразм

U Oliy sudning rasmiy veb saytidan skrinshotni e’lon qilgan, unda birinchi marta hukm o‘qilgan paytdagi Jinoyat kodeksining moddalari ko‘rsatilgan. Irina Matviyenko va Nemolchi.uz loyihasi postlaridan so‘ng Oliy sud saytidagi ushbu ma’lumot tahrir qilingan — ayblov bandlari o‘chirilgan.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, jinoyat ishi Toshkent shahri sudi sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda, hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Hozirda jarayon davom etmoqda. Hali tugamagan. Hozircha bu ish bo‘yicha na sud qarori, na yangi hukm e’lon qilingan. Tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlar noto‘g‘ri va asossiz”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayblov moddalari tergov tomonidan taqdim etiladi, shuning uchun ayblovga oid savol tergov organiga yuborilishi kerak. “Gazeta.uz” bu borada Bosh prokuraturaga so‘rov yubordi.

Advokatlardan birining “Daryo”ga aytishicha, yopiq sud tarzida o‘tayotgan jarayon ayni kunlarda muzokaralarni yakunlagan. Muzokarada so‘z olgan tomonlar — prokuror va advokatlar holat yuzasidan xulosalarini ma’lum qilgan.

“Sudning bu borada yakuniy fikri hali e’lon qilinmadi. Bu haqda yozayotganlar yolg‘on axborot tarqatmoqda. Sud 27-sentabr kuni ish bo‘yicha yakuniy xulosasini e’lon qilishi kutilmoqda”, — dedi advokat.

Ishning tafsilotlari bilan quyidagi o‘xshash xabarlar orqali tanishish mumkin.