16-sentabr kuni Sabina Mustayeva, Ruxsora Em, Massa, Daler Ametist, Dalimjanov, DJ Bella, DJ Indigo, shuningdek MDH Top-10`ga kiruvchi artistlar — Artik va Asti dueti, Andro va jahon miqyosidagi xedlayner DJ Afrojack yetti soat davomida sahnada turib tomoshabinlarga mo‘jizali va unutilmas lahzalarni ulashishdi. Tadbirning boshidan oxirigacha pozitiv energiya va ritm nafaqat asosiy sahnadan, balki bog‘ maydoni bo‘ylab tashkillashtirishgan interfaol hududlardan ufurib turdi. Festival mehmonlari akvagrim va graffiti maydonchasida strit-art yaratgan bo‘lsa, interfaol musiqa hududida tashrif buyuruvchilar media xamkor Zo‘rTV sahnasida raqsga tushib, qo‘shiq kuylashdi. Festivalning yana bir hamkori Yandex tomonidan tashkillashtirilgan hududda esa baraban chalish, shuningdek Yandex xizmatlari uchun vaucherlar va promokodlar yutish imkoni berildi.

cоке стuдио фест 2023, реклама

Coke Studio — turli madaniyatlar va janrlardagi musiqachilarni birlashtiruvchi platformadir. Uning doirasida turli musiqiy tadbirlar o‘tkaziladi. Coke Studio`ning asosiy missiyasi — geografik chegaralardan qat’i nazar barcha uchun yangi musiqani ochish, musiqaning universal tili orqali odamlarni birlashtirish va unutilmas xotiralar hamda taassurotlar ulashishdir. Yosh avlod uchun bu o‘zini ko‘rsatish, musiqa san’atini o‘rganish va jahon trendlaridan ilhom olish imkonidir. 2023-yil O‘zbekiston bog‘ining maydon bo‘yicha miqyosi tufayli O‘zbekiston Coke Studio Fest`ning global tarixiga yirik musiqiy voqealardan biri sifatida kirdi. Coke Studio Fest O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasining 30 yillik yubileyi arafasida o‘tkazildi.

Coke Studio Fest festivali musiqa va san’at turli yosh va qiziqishlarga ega insonlarni birlashtirishini ko‘rsatib berdi. Nafaqat festival mehmonlari, balki global yulduzlar bilan bir sahnadan turib kuylagan yosh artistlar ham undan ilhomlandi.

Andro, Artik va Asti sahnadan turib O‘zbekistonga iliq kutib olgani uchun minnatdorlik bildirishdi.

O‘zbekistondagi Coke Studio Fest uchun eksklyuziv dastur tayyorlagan DJ Afrojack chiqishida esa sahna ekranlarida Thank You Uzbekistan yozuvi e’tiborni tortdi.

cоке стuдио фест 2023, реклама

“Avval mening global missiyam bo‘lmagan. Ammo hozir men uni topdim. Men jonli efirlar tashkil qilib, ular davomida bolalarga musiqa, kattalarga esa didjeylik va prodyuserlikni o‘rgataman. Menga odamlarga bu soha aslida qanday ishlashini tushuntirish, studiyalarda set tayyorlar jarayoni, sahnadagi faoliyatni ko‘rsatish yoqadi. Men kelajakda bu faoliyatni rivojlantirib, endi boshlayotgan san’atkorlar uchun eshiklarni ochmoqchiman. Agar siz o‘zbekistonlik didjey bo‘lsangiz, bizning resurslarimizdagi jonli efirlarga e’tibor qarating. Shuningdek, siz o‘z musiqangizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri leyblga va u yerdan barcha steykxolderlarga yuborishingiz mumkin. Sinab ko‘rish va intilish doim muhim. Siz ayol yoki erkakligingiz muhim emas, odamlarga qiziq yagona narsa bu — musiqa. Siz bu bilan necha yil shug‘ullanganingiz ham qiziq emas. Agar keyingi trek tinglovchiga yoqmasa, shoungizga hech kim kelmaydi”, — dedi DJ Afrojack.

Afrojack bilan intervyudan so‘ng inflyuyenserlar va blogerlar u bilan eksklyuziv fotosessiyaga taklif qilindi va uning dasxatini olish imkoni berildi. Bu ham ularni ilhomlantiruvchi va yorqin taassurot qoldirgan holat bo‘ldi.

cоке стuдио фест 2023, реклама

Coke Studio Fest 2023 festivali davomida volontyorlar ichimlikdan bo‘shagan plastik idishlarni yig‘ishdi. Barcha plastik idishlar qayta ishlashga yuborildi va ularga ikkinchi hayot tuhfa qilindi. Ekologiya, qayta ishlash va iqtisodiy aylanmalarga bag‘ishlangan Waste to Art art-hududida ishtirokchilar rassom Elnur Egamov bilan birgalikda qayta ishlanuvchi materiallardan san’at asarlari yaratdi. Ular shu yo‘l bilan oddiy buyumlar ilhom va go‘zallik manbasi bo‘la olishini isbotlashdi.

cоке стuдио фест 2023, реклама

Coca-Cola va Go Wasteless loyihasi vakillari tashrif buyuruvchilarga chiqindini saralash va qayta ishlashning ahamiyatini tushuntirib, plastikdan aksessuarlar va taqinchoqlar, shuningdek ko‘zoynak uchun g‘ilof yasash bo‘yicha mahorat darsi ko‘rsatdi.

SanFa kompaniyasi tomonidan qayta ishlangan plastikdan yasalgan o‘rindiq chiqindini saralash muhimligini jonli misolda ko‘rsatib berdi.

Coke Studio Fest 2023 musiqa, san’at va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik kuchi dunyoni ijobiy tarafga o‘zgartirishini yana bir bor isbotladi.

Reklama huquqlari asosida.