Namangan viloyatining Chust tumanida 70 dan ortiq bola zaharlandi

Namangan viloyati Chust tumanidagi 9 ta bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari va 2 ta maktab o‘quvchilari — 70 dan ortiq bola zaharlanish bilan kasalxonaga yotqizildi. Rasmiy idoralar ular aynan nimadan zaharlanganiga aniqlik kiritmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu yod preparatidan bo‘lishi mumkinligi yozilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan qattiq tashvishda — matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Chust tumanida 70 dan ortiq bolaning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan “qattiq tashvishda”, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Davlat rahbari muntazam ravishda vaziyat yuzasidan hisobotlar olib, mas’ullarga alohida nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi

Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanganidan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100 mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etildi.

Lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi mumkin

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi loyihasi e’lon qilindi. Unda 4 ta harfning shakli o‘zgarishi ko‘zda tutilgan: o‘, g‘, sh va ch. Loyiha bo‘yicha yangi o‘zbek alifbosi 28 ta harf, 1 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.

Madaniy meros agentligi “Sharq” va O‘zA binolarini auksiondan olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish berdi

Madaniy meros agentligi yagona mulkiy majmua sifatida savdoga chiqarilishi aytilgan “Sharq” va O‘zA binolari madaniy meros obyekti ekanini va xususiylashtirish mumkin emasligini ma’lum qildi. Ularni auksiondan olib tashlash bo‘yicha Davaktiv agentligiga ogohlantirish berildi.

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz va elektr energiyasi tannarxini e’lon qildi

O‘zbekistonda 1 kVt/soat elektr energiyasi tannarxi 970 so‘mni (2022-yil may oyidan +21,2% oshgan), gazning bir kubometri 1890 so‘mni (+35%) tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Kuni kecha Energetika vaziri bir kVt/soat elektr energiyasi narxi 800 so‘mdan oshganini aytgandi.

Iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov prezident Mirziyoyev bilan nimalar haqida gaplashdi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga safari davomida u yerdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashgandi. Uchrashuvda qatnashgan iqtisodchi Behzod Hoshimov va Botir Qobilov tadbir tafsilotlarini ma’lum qildi. Davlat rahbari ularni kuzatib borishini ta’kidlagan va ularni “ochiq gapirishga” chaqirgan.

Poytaxtdagi ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda — Toshkent IIBB

22-sentabr kuni Toshkent shahri sudi binosiga bomba o‘rnatilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Poytaxt IIBB xavotirga berilmaslikni so‘rab, Toshkent shahri sudi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyatida elektrobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Xitoy kompaniyasi bilan yillik quvvati 1000 dona bo‘lgan elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Shuningdek, elektromobillarni quvvatlash uskunalarini va elektrobuslarga akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlash bo‘yicha sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi

Avgust oyi oxirida Urganch shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga qaytarildi. Oliy sud saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shimcha tergov o‘tkazilganiga qaramay, sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi.

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar qayta kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar texnik shartlarga qo‘shimchalar va tushuntirishlar kiritilgani sababli qaytadan kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Har uchala lot bo‘yicha savdolar 3-oktabr kuni E-auksion.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

15 kunda 3 nafar shaxs poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik bilan tushgan — Toshkent metropoliteni

Toshkentda oxirgi 15 kunda metro poyezdi yo‘liga yo‘lovchilar shaxsiy buyumlarini olish uchun uch marotaba o‘zboshimchalik bilan tushgan. Metropoliten yo‘lovchilarni u yerdagi katta kuchlanishli elektr tokidan ogohlantirib, buyumlar tushib ketgan vaqtda xodimlarga murojaat qilishni so‘radi.

Farg‘ona shahriga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi

Bir qismi O‘zbekistonga o‘tgan Kampirobod suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortib kelinadi. Bu bo‘yicha kelishuvga Farg‘ona viloyati hokimining Xitoyga tashrifi davomida erishildi.

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatida yuzni skaner qilish (Face ID) orqali yo‘lkirani to‘lash tizimi ishga tushdi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida yuzni skanerlab, ro‘yxatdan o‘tish kerak. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, boshqa bekatlarda ham bu tizim paydo bo‘ladi.