Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi 4 ta harfning yangi shakli loyihasi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida alifbo islohoti bo‘yicha ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda taklif sifatida ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi e’lon qilindi. Loyiha orqali “shu paytga qadar ko‘p murakkabliklarni yuzaga keltirayotgan harflar isloh qilinishi” ta’kidlangan.

Bunda

  • O‘ o‘ ni Õ õ
  • G‘ g‘ ni Ğ ğ
  • Sh sh ni Ş ş
  • Ch ch ni C c harfiga o‘zgartirish taklif etilmoqda.

Taklif etilayotgan yangi alifbo. Unda harflar tartibi ham o‘zgarganini ko‘rish mumkin.Taklif etilayotgan yangi alifbo. Unda harflar tartibi ham o‘zgarganini ko‘rish mumkin.

Bundan 2 yil muqaddam Davlat tilini rivojlantirish departamenti lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosi bo‘yicha taklif etilgan o‘zgarishlar o‘quvchilar savodiga ijobiy ta’sir qilishini va amaldagi alifbo o‘zbek tilining internet tiliga aylanishiga to‘siq bo‘layotganini aytgandi. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov esa departament argumentlarining asosida ilmiy dalillarni ko‘rmaganini ta’kidlagan.