22-sentabr kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) mahalliy dori vositasidan foydalanishni zudlik bilan to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova imzolagan xatni jurnalist Ilyos Safarov e’lon qildi.

Hujjat Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, dori vositalarini xarid qiluvchi “O‘zmedimpeks” va dori ishlab chiqaruvchi Samo kompaniyasiga yuborilgan.
антиструмин, zaharlanish, чуст туманиFoto: t.me/haqiqatdaIlyos.
Taqiq laboratoriya sinovlari natijalari olinguncha amal qiladi.

Qaror Namangan viloyatining Chust tumanida bir kun avval 71 nafar bola, jumladan, 9 bog‘chaning 69 nafar tarbiyalanuvchisi va 2 nafar maktab o‘quvchisi zaharlanganidan so‘ng qabul qilindi.

Zaharlanishga aynan mazkur preparatni qo‘llash sabab qilib ko‘rsatilgan. Avvalroq rasmiy organlar zaharlanish kelib chiqishi noma’lum ekanini ma’lum qilgandi.

Joriy haftadan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab bolalarni yodlash bo‘yicha haftalik ishga tushirilgan.