2020 yilda Toshkent yo‘llarini yaxshilash uchun 492,8 milliard sarflangan
2 mart 2021, 14:54

2020 yilda Toshkent yo‘llarini yaxshilash uchun 492,8 milliard sarflangan

2020 yil davomida Toshkent shahrida 492,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga ko‘chalarda qurilish, mukammal va joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
2 mart 2021, 14:54

Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga Baxtiyor Ismoilov tayinlandi. Bundan avval u Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish taklif etilmoqda
2 mart 2021, 13:41

Nikohga kirish jarayonini murakkablashtirish taklif etilmoqda

FHDYOga ariza topshirgandan so‘ng, 1 oylik muddatni 3 oyga uzaytirish taklif etildi. Ushbu taklif ajrimlar soni ortib borayotgani sababli, yoshlarning bir-birini yaxshiroq tanib olishi uchun ilgari surilmoqda. «Nikohdan o‘tib, so‘ng farzandini tirik yetim qilgandan ko‘ra, uch oylik muddatda bir-biriga ma’qul kelmasa, o‘z yo‘lida davom etgani ma’qul», — deya ta’kidlandi.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi
2 mart 2021, 12:53

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi. Elchining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston OAVlarida ushbu vaksina hakida ma’lumotlar berilib borilmoqda va mamlakatga uni yetkazish bo‘yicha taklif kiritilishi mumkin.

Prezident Namangandagi Mehribonlik uyida bo‘lganida bag‘riga bosgan qiz oilasiga qaytdi
2 mart 2021, 12:49

Prezident Namangandagi Mehribonlik uyida bo‘lganida bag‘riga bosgan qiz oilasiga qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangandagi 26-Mehribonlik uyiga tashrifi chog‘ida bag‘riga bosgan qizaloq oilasiga qaytdi.

Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi emlangan ziyoratchilarni haj safari uchun kiritadi
2 mart 2021, 12:23

Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi emlangan ziyoratchilarni haj safari uchun kiritadi

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusga qarshi emlangan insonlarga kichik va katta haj ziyoratlari uchun ruxsat berishga qaror qildi. Mamlakat o‘tgan yil noyabridan 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni manfiy natijali PZR-test bilan Umra ziyorati uchun kiritishni boshlagan edi.

Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti etib tayinlandi
2 mart 2021, 11:51

Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti etib tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» holding korporatsiyasi raisi Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» futbol klubining prezidenti bo‘ldi. Kompaniya jamoaga homiylik qiladi.

15 ming AQSH dollari evaziga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
2 mart 2021, 10:41

15 ming AQSH dollari evaziga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga fuqaroni 15 ming AQSH dollariga kiritib qo‘moqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoro viloyati hokimi o‘z shtabini vagonda tashkil etdi
2 mart 2021, 10:27

Buxoro viloyati hokimi o‘z shtabini vagonda tashkil etdi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanida aholi bilan muloqot qilish, muammolarni o‘rganish uchun o‘z shtabini vagonda tashkil etdi. Shu bilan birga, hokim o‘rganishlar davomida mazkur vagonda yashashi ham ma’lum qilindi.

2021-yilda Sirdaryo viloyatida 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha amalga oshiriladi
2 mart 2021, 05:43

2021-yilda Sirdaryo viloyatida 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha amalga oshiriladi

Prezident Sirdaryo viloyatida amalga oshirish ko‘zlangan 25,5 trln so‘mlik 737 ta loyiha taqdimoti bilan tanishdi. Loyihalar natijasida yiliga 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarish quvvati, qariyb 36 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingan. Bundan tashqari, Mirzaobod tumanida Gujarat sanoat zonasini tashkil etish ham reja qilingan.

Turkmanistonda Shahar kunida tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Poytaxt yoki Ashxabod ismi beriladi
1 mart 2021, 21:32

Turkmanistonda Shahar kunida tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Poytaxt yoki Ashxabod ismi beriladi

Turkmanistonda Shahar kunida (25 may kuni) tug‘ilgan birinchi o‘g‘il bolaga Poytaxt yoki Ashxabod ismi, qiz bolaga Marjona yoki Maya ismi beriladi. Shuningdek, mamlakat prezidenti 8 mart kuniga barcha ayollarga 60 manat (17,1 dollar) miqdorida pul berishga topshiriq berdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 mart 2021, 20:15

Jahon yangiliklari dayjesti

Myanma harbiylarining 19 mamlakatdan 100 ga yaqin elchixona xodimlarini chaqirib olgani, BAAning Isroildagi birinchi elchisining Tel-Avivga yetib kelgani, Turkmanistonda shahar kuniga tug‘ilgan o‘g‘il bolaga Ashxobod yoki Poytaxt ismining berilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
1 mart 2021, 20:11

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

ZF-UZ-VAC 2001 nomli xitoy-o‘zbek vaksinasi mamlakatda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksina sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Qoraqalpog‘istonda uyni buzayotgan 3 kishi devor ostida qolib, halok bo‘ldi
1 mart 2021, 19:06

Qoraqalpog‘istonda uyni buzayotgan 3 kishi devor ostida qolib, halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida eski uyni buzayotgan 3 kishinim devor bosib qoldi. Ular voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil «Tolibon» guruhiga qo‘yilgan shartlar haqida
1 mart 2021, 19:03

Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil «Tolibon» guruhiga qo‘yilgan shartlar haqida

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonning «Tolibon» guruhi bilan o‘zaro munosabatlarda qo‘ygan shartlariga to‘xtalib o‘tdi.

Fransiyaning sobiq prezidenti Sarkozi 3 yilga qamaldi
1 mart 2021, 18:24

Fransiyaning sobiq prezidenti Sarkozi 3 yilga qamaldi

Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblab, 3 yilga qamash bo‘yicha hukm chiqardi.

Yotoqxonada va ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganiladi
1 mart 2021, 18:08

Yotoqxonada va ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganiladi

Barcha hududlarda ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimi joriy qilinadi. Ijarada turadigan talabalar bilan profilaktik tadbirlar qamrovi va sifati oshiriladi.

Turkiya 26 maydan boshlab turistlarni PZR testlarsiz qabul qila boshlaydi
1 mart 2021, 17:03

Turkiya 26 maydan boshlab turistlarni PZR testlarsiz qabul qila boshlaydi

Turkiyada 30 dekabrdan boshlab sayyohlardan talab qilina boshlagan PZR-testlari 26 maydan boshlab bekor qilinishi va turistlarning mamlakatga kirishi uchun bunday talab qo‘yilmasligini kutilmoqda.

21 mln bepul VPN foydalanuvchilarining ma’lumotlari internetda ochiqlandi
1 mart 2021, 16:53

21 mln bepul VPN foydalanuvchilarining ma’lumotlari internetda ochiqlandi

Internetda Super VPN, Gecko VPN va Chat VPN kabi Android platformasida xizmat ko‘rsatuvchi ilovalar foydalanuvchilarining ma’lumotlari paydo bo‘ldi.

Urganch va Farg‘ona shaharlaridan Istanbulga muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi
1 mart 2021, 16:47

Urganch va Farg‘ona shaharlaridan Istanbulga muntazam qatnov yo‘lga qo‘yiladi

«Uzbekistan Airways» 28 martdan boshlab Urganch — Istanbul — Urganch va 3 apreldan Farg‘ona — Istanbul — Farg‘ona yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshira boshlaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting