O‘zbekistonda ish haftasi yakunigacha havo harorati iliq bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, faqat janubiy hududlarda, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 18-oktabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishda davom etadi. Dushanba kuni kunduzi harorat +18…+20 daraja atrofida, haftaning ikkinchi yarmida esa kunduzi +22…+25 darajagacha, janubda +27 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab havo ancha iliq, harorat +7…+12 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.