UzAuto Motors Chevrolet Captiva 5 avtomobili narxlarini e’lon qildi. Kompaniya xabar berishicha, avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

Chevrolet Captiva narxlari:

  • LT1 (5 o‘rindiqli): 299 900 000 so‘m;
  • LT2 (7 o‘rindiqli): 319 900 000 so‘m;
  • Premier (7 o‘rindiqli): 349 900 000 so‘m.

Narxlar QQSni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 krossoveri sotuvini qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandik.

Captiva modeli O‘zbekiston bozoriga 2007-yilda kirgan. O‘sha yilning oktabr oyida mamlakatda avtomobilni yig‘ish boshlandi. 2011-yil sentabr va 2017-yil fevral oylarida model yangilandi. 2018-yil cyentyabr oyida GM modellar safini yangilash global strategiyasining bir qismi sifatida ishlab chiqarish to‘xtatilishi e’lon qilindi.

2021-yil cyentyabr oyida UzAuto Motors yangi 2022-yilgi Chevrolet Captiva krossoverining to‘rtta komplektatsiyada sotilishini e’lon qildi. O‘shanda narxlar 192,7 million so‘mdan boshlangandi. Biroq, o‘sha yilning noyabr oyida kompaniya savdoni to‘xtatdi. Sabab sifatida model O‘zbekiston iqlimiga mos emasligi aytilgandi.