12-oktabr kuni Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda federatsiya raisligiga saylangan Kamol Usmonov ma’lum qildi.

Federatsiya nodavlat notijorat tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Federatsiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda sumo sportini rivojlantirish va ommalashtirish, sumo sportchilari, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sumo bo‘yicha madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish, federatsiya a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilishdan iborat.

Durdona Abdujabborova esa O‘zbekistondagi birinchi sumo sportchisiga aylandi.

камол усмонов, sumo, sumo federatsiyaси

Kamol Usmonov / Facebook.

Kamol Usmonov bungacha O‘zbekiston Skeyt assotsiatsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan, Milliy olimpiya qo‘mitasida kurash bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Sumo — bu Yaponiyadan paydo bo‘lgan jang san’ati sporti bo‘lib, unda ikki sportchi bir-birini aylanadan tashqariga itarib yuborishga yoki bir-birlarini oyoq kaftlaridan tashqari tananing har qanday bir qismi bilan yerga tegizishga harakat qilishadi. Faqatgina ushbu mamlakatda professional rikisi (sumo jangchilari) musobaqalari o‘tkaziladi. Dunyoning qolgan qismida esa faqat havaskor sumo mavjud.