Isroilning Xolon texnologiya institutida (XIT) tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar 15-oktabr kuni Toshkentga uchib ketishdi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

Tel-Aviv janubidagi Xolon shahrida joylashgan institut bilan talabalarning O‘zbekistonda o‘qishini onlayn formatda davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deyiladi xabarda.

Elchixona talabalarni vatanga jo‘natishda XIT, O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari, shuningdek, Uzbekistan Airways vakolatxonasining yordamini ta’kidladi.