O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olishda nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda
7 noyabr 2023, 19:36

O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olishda nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda

O‘Zbekiston Markaziy banki yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olish shartlarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Valyuta sotib olishda zarur bo‘ladigan hujjatlar soni ortishi, norezidentlardan milliy valyutadagi mablag‘larning kelib chiqishi qonuniyligini ta’minlash va boshqalar talab qilinishi mumkin.

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv
7 noyabr 2023, 17:51

So‘nggi bir oyda Toshkentda havo sifati faqat bir kun “yaxshi” bo‘ldi — kuzatuv

IQAir indeksiga ko‘ra, Toshkent havosi so‘nggi bir oy ichida 4 kun “nosog‘lom”, 10 kun “ta’sirchan guruhlar uchun nosog‘lom” deya qayd etildi. Poytaxtda oy davomida faqat bir kun “yaxshi” darajadagi havo kuzatildi. Toshkent ayni damda dunyoning beshinchi eng ifloslangan shahri bo‘lib turibdi.

Taftish.uz sobiq rahbari sirtdan qamoqqa olindi
7 noyabr 2023, 17:30

Taftish.uz sobiq rahbari sirtdan qamoqqa olindi

Taftish.uz internet nashri sobiq rahbari G‘ayrat Aberayev firibgarlik, xususan, fuqarolarni aldash orqali jami 33,3 ming dollarni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

IHT davlatlari o‘zaro yaqin hamkorlik manfaatlarini yanada chuqurroq anglab boryapti — O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi
7 noyabr 2023, 17:25

IHT davlatlari o‘zaro yaqin hamkorlik manfaatlarini yanada chuqurroq anglab boryapti — O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi

Global ta’minot zanjirlarining beqarorlashuvi va jahon bozoridagi volatillik sharoitida IHT davlatlari hamkorlikni mustahkamlashga intilyapti. Bunga savdo, iqtisodiy va transport aloqalarining mintaqaviylashuvi yordam bermoqda, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” bilan intervyusida.

1 million 200 mingta. O‘zbekistonda shuncha kambag‘al oilaning ro‘yxati shakllantirildi
7 noyabr 2023, 16:52

1 million 200 mingta. O‘zbekistonda shuncha kambag‘al oilaning ro‘yxati shakllantirildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Hozirgacha 1 million 200 ming kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilgan.

Buxoroda 18 yoshli qiz chiqindi mashinasi ostida qolib vafot etdi
7 noyabr 2023, 16:16

Buxoroda 18 yoshli qiz chiqindi mashinasi ostida qolib vafot etdi

Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi mashina haydovchisi axlat tashlash uchun yaqinlashgan 18 yoshli talaba qizni payqamay, avtomobilni uning ustiga haydab yubordi. Qiz olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

O‘zbekiston va Xitoyning CNNC kompaniyasi uran qazib olishda hamkorlik qilmoqchi
7 noyabr 2023, 14:39

O‘zbekiston va Xitoyning CNNC kompaniyasi uran qazib olishda hamkorlik qilmoqchi

“Navoiyuran” va Xitoyning China National Nuclear Corporation uran sanoati sohasida strategik hamkorlik memorandumini imzoladi.

Qo‘shko‘pir, Tuproqqal’a va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
7 noyabr 2023, 14:17

Qo‘shko‘pir, Tuproqqal’a va Shovot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumaniga Shuhrat Axmedov, Tuproqqal’a tumaniga Akmal Jimalyazov va Shovot tumaniga Oybek Xolboyev hokim etib tayinlandi.

Yil yakunida davlat budjetining aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlari prognozdan 1,5 trln so‘m kamroq bo‘lishi kutilmoqda
7 noyabr 2023, 13:32

Yil yakunida davlat budjetining aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlari prognozdan 1,5 trln so‘m kamroq bo‘lishi kutilmoqda

2023-yil yakunida aksiz solig‘i hisobidan davlat budjetiga tushumlar prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,5 trln so‘mga kam bo‘lishi kutilmoqda. Tushumlar kamayishi yil boshida gaz “zapravka”lari vaqtincha yopilgani va AI-80 benzinga aksiz solig‘i ma’lum muddat bekor qilingani bilan izohlandi.

Boks: Fazliddin G‘oibnazarov Rajab Bo‘tayevga muddatidan avval mag‘lub bo‘ldi
7 noyabr 2023, 12:38

Boks: Fazliddin G‘oibnazarov Rajab Bo‘tayevga muddatidan avval mag‘lub bo‘ldi

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G‘oibnazarov Sochida WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni rossiyalik Rajab Butayevga muddatidan avval yutqazib, professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi (video).

O‘zbekiston sentabrda Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz eksport qildi
7 noyabr 2023, 12:06

O‘zbekiston sentabrda Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz eksport qildi

Sentabr oyida O‘zbekiston Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz yetkazib berdi — bu apreldan beri yetkazib berishning minimal hajmi bo‘ldi. Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti 412,2 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,9 barobar kam.

Portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini endi FVV nazorat qiladi
7 noyabr 2023, 11:58

Portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini endi FVV nazorat qiladi

Prezident qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini nazorat qilish vazifasi yuklandi.

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
7 noyabr 2023, 11:53

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sobiq viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘ldi.

3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi
7 noyabr 2023, 11:40

3 nafar prokuratura xodimi pora va firibgarlikda gumonlanib ushlandi

DXX Andijonda gumonlanuvchiga yordam berish evaziga $5 ming olgan tergovchi va bunga ko‘rsatma bergan prokuror o‘rinbosarini ushlaganini ma’lum qildi. Samarqandda esa prokuror yordamchisi ayblanuvchini qamoqdan chiqarish uchun 3 ming dollar so‘ragani aytilmoqda.

2024-yilda Madaniyat vazirligiga budjetdan 1,1 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Pullar nimaga sarflanadi?
7 noyabr 2023, 10:43 1

2024-yilda Madaniyat vazirligiga budjetdan 1,1 trln so‘m ajratilishi kutilmoqda. Pullar nimaga sarflanadi?

2024-yilda davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga 1,1 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Vazirlik xarajatlari orasida davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish, Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish kabi bandlar mavjud.

O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq ulgurji iste’molchi va 648 ming yangi abonent EHNATga ulanmagan
7 noyabr 2023, 10:26

O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq ulgurji iste’molchi va 648 ming yangi abonent EHNATga ulanmagan

O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq ulgurji iste’molchi va 648 mingta xonadon elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT)ga ulanmagan. Prezident kamchiliklarni bartaraf etish va elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Transport vazirligi — O‘zbekiston, Eron va Turkiya o‘rtasidagi yangi transport koridori haqida
7 noyabr 2023, 10:02

Transport vazirligi — O‘zbekiston, Eron va Turkiya o‘rtasidagi yangi transport koridori haqida

IHT davlatlari transport vazirlari yig‘ilishi yakuni bo‘yicha “O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” multimodal koridorini rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. U Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan YeI mamlakatlariga raqobatbardosh tariflarda yuk tashishni tashkil etishni nazarda tutadi.

Davlat sport muassasalariga kiruvchi o‘quvchilarning hujjatlari endi DXM va my.gov.uz orqali qabul qilinadi
7 noyabr 2023, 09:57

Davlat sport muassasalariga kiruvchi o‘quvchilarning hujjatlari endi DXM va my.gov.uz orqali qabul qilinadi

1-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda davlat sport ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.

BMT: Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 95 foizgacha kamaydi
7 noyabr 2023, 09:57

BMT: Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 95 foizgacha kamaydi

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish “Tolibon” taqiqidan keyin 95 foizgacha kamaydi. Ko‘plab afg‘on fermerlari bug‘doy yetishtirishga o‘tgan.

Toshkentda 8−10-noyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi
7 noyabr 2023, 09:29

Toshkentda 8−10-noyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

IHT sammiti munosabati bilan Toshkentda 8−10-noyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi, qator yo‘nalishlarda interval va qatnov vaqti ortib ketish mumkin (ro‘yxat). Uzbekistan Airports yo‘lovchilardan aeroportga olib boruvchi aylanma yo‘llar bilan tanishib chiqishni so‘radi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting