Shavkat Mirziyoyev IHT davlatlarini hamjihatlikda harakat qilishga va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda yechim topishga chaqirdi
9 noyabr 2023, 13:10

Shavkat Mirziyoyev IHT davlatlarini hamjihatlikda harakat qilishga va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda yechim topishga chaqirdi

O‘zbekiston prezidenti IHT sammitidagi chiqishida o‘zgarib borayotgan dunyo siyosiy arxitekturasining xavf-xatarlariga javoban a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishni taklif qildi. Davlat rahbari tashkilot hududida o‘zaro savdoni soddalashtirish bo‘yicha bitimni qabul qilishga chaqirdi.

“Tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiramiz” — Shavkat Mirziyoyev Falastin-Isroil urushi haqida
9 noyabr 2023, 12:40

“Tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiramiz” — Shavkat Mirziyoyev Falastin-Isroil urushi haqida

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitidagi nutqida Falastin-Isroil urushining mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olayotganini aytdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, dedi prezident.

AQSh O‘zbekiston suvereniteti va JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi
9 noyabr 2023, 12:35

AQSh O‘zbekiston suvereniteti va JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi

Toshkentda AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu ishtirokida strategik sheriklik muloqotining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Diplomat Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.

Endi Chat GPT`dan O‘zbekistonda rasman foydalansa bo‘ladi
9 noyabr 2023, 12:18 8

Endi Chat GPT`dan O‘zbekistonda rasman foydalansa bo‘ladi

ChatGPT sun’iy intellekt bilan ishlovchi chat botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi o‘z servisi ishlaydigan hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shdi. Endilikda mamlakatda ChatGPT ro‘yxatidan rasman o‘tish va uni ishlatish mumkin.

Toshkentda yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshirilmoqda
9 noyabr 2023, 12:00

Toshkentda yuridik shaxslar va budjet tashkilotlari uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshirilmoqda

Toshkent hokimligi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni oshirdi. Yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti narxi 1,5 barobarga, budjet tashkilotlari uchun esa 1,6 barobarga oshadi. Aholi uchun tarif narxi o‘zgarishsiz qoladi.

“O‘zbekiston — ulkan salohiyat bilan o‘sib borayotgan bozor” — Buyuk Britaniya savdo komissari
9 noyabr 2023, 11:20

“O‘zbekiston — ulkan salohiyat bilan o‘sib borayotgan bozor” — Buyuk Britaniya savdo komissari

Buyuk Britaniyaning savdo komissari Kenan Poleo Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi yig‘ilishi arafasida “Gazeta.uz” muxbirining ikki mamlakatning sarmoyaviy va savdo salohiyatiga oid savollariga javob berdi.

O‘zbekistonlik karatechilar yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 15 ta medal oldi
9 noyabr 2023, 10:51

O‘zbekistonlik karatechilar yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 15 ta medal oldi

Qozog‘istonda o‘tgan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yoshlar 15 medal: 3 oltin, 2 kumush va 10 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Bu jamoa uchun medallar jamg‘arish bo‘yicha eng yaxshi natija bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun kelgan davlat rahbarlari bilan uchrashdi
9 noyabr 2023, 10:40

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun kelgan davlat rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Pokiston bosh vaziri, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi.

Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi
9 noyabr 2023, 09:53

Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi elchisi bo‘ldi. Elchixonalarning qarorgohi Vashingtonda joylashgan.

Surxondaryoda yo‘l va ayrim xonadonlarni sel bosdi — foto
9 noyabr 2023, 09:26

Surxondaryoda yo‘l va ayrim xonadonlarni sel bosdi — foto

Boysun tumanidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi. Surxondaryo viloyati hokimligi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Xonadon va boshqa obyektlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.

Uyat ham, sharmanda ham emas. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi o‘tmoqda
8 noyabr 2023, 18:37

Uyat ham, sharmanda ham emas. Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi o‘tmoqda

Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.

Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
8 noyabr 2023, 18:03

Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

26−30-dekabr kunlari ilk bor Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnirda jahonning eng yaxshi shaxmatchilari ishtirok etib, jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. FIDE rahbari Arkadiy Dvorkovich tanlov nega O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini izohladi.

2024-yildan sement uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda
8 noyabr 2023, 17:40

2024-yildan sement uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda. Taklif mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun ilgari surilgan. Bu budjet tushumlari 160 mlrd so‘mga kamroq bo‘lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.

Olmaliqda avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt`da yong‘in chiqdi
8 noyabr 2023, 17:21

Olmaliqda avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt`da yong‘in chiqdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Cobalt va Isuzu avtobusi o‘zaro to‘qnashib ketdi. Oqibatda yengil avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa sabab hech kim jarohat olmagani ma’lum qilindi.

Oktabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi
8 noyabr 2023, 17:12

Oktabrda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oylik kamayishdan so‘ng oktabr oyida deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiralar miqdori sentabrda 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketgandi. Xalqaro zaxiralar miqdori oshganiga qaramay, oltinning fizik hajmi kamaygan.

Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan YeIga kirish muzokaralarini boshlashni tavsiya qildi
8 noyabr 2023, 17:08

Yevrokomissiya Ukraina va Moldova bilan YeIga kirish muzokaralarini boshlashni tavsiya qildi

Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashiga Gruziyaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berishni, shuningdek, Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi.

Chery yangi Arrizo 6 Pro bilan intellektual sayohat tajribasini taklif qilmoqda
8 noyabr 2023, 17:00

Chery yangi Arrizo 6 Pro bilan intellektual sayohat tajribasini taklif qilmoqda

Yangi Chery Arrizo 6 Pro ilg‘or texnologiyalar va noyob dizaynni o‘zida birlashtirib, avtomobil komplektatsiyasiga yoritiladigan eshik tokchalari hamda musiqa ritmida xarakat qiladigan rangli yoritgichlar kiradi.

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
8 noyabr 2023, 16:59

Toshkentdagi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning oliy ordeni bilan mukofotlandi
8 noyabr 2023, 15:29

Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning oliy ordeni bilan mukofotlandi

Prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Kamilov do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotlandi. Ordenga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ham loyiq ko‘rildi.

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi
8 noyabr 2023, 15:00

Brioni brendi Toshkentda yangi butigini ochdi

Mirabad Avenue turar joy majmuasidagi Fashion-xiyobonda 4-noyabr kuni Brioni butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni, shuningdek, Bespoke xizmatini taklif etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting