Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi yuk mashinasi 18 yoshli talaba qizni bosib ketdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot kotibi “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Voqea 7-noyabr kuni soat taxminan 08:30 da Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Buxoro pedagogika institutining 2-kurs talabasi chiqindi tashlamoqchi bo‘lganida “Maxsusavtoxo‘jalik” MCHJga qarashli mashinaning haydovchisi uni payqamay qolgan. So‘ng mashinani qizning ustiga haydab yuborgan.

Qiz jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.