Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-noyabr holati bo‘yicha O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentabr oyida 1,86 milliard dollarga oshgan holda 32,9 mlrd dollarni tashkil qildi. Zaxiralar miqdori sentabr oyida 1,65 mlrd dollarga kamayib, 31,04 mlrd dollarni tashkil qilgan va bu 2020-yil 1-apreldan beri eng past ko‘rsatkich bo‘lgandi.

Zaxiralarning oshishi ketma-ket olti oylik (aprel oyidan beri) pasayishdan so‘ng sodir bo‘ldi va yil boshidan (35,7 mlrd dollar) hisoblaganda mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 2,8 mlrd dollarga kamaygan.

O‘tgan oyda xalqaro valyuta zaxiralari 988 ming dollarga (+13 foizga) oshdi va 8,38 mlrd dollarni tashkil qildi. Yil boshidan buyon valyuta zaxiralari 3,26 mlrd dollarga kamaydi.

Skrin: Markaziy bank sayti. Kattalashtirish uchun ustiga bosing.Skrin: Markaziy bank sayti. Kattalashtirish uchun ustiga bosing.

oktabr oyida oltin zaxiralari qiymati 877 mln dollarga — 23,9 mlrd dollargacha oshdi. Lekin qimmatbaho metallning jismoniy hajmi 0,3 mln troya unsiyaga (9,3 tonna) — 12 mln troya unsiya (taxminan 372 tonna)gacha qisqardi. Atigi 10 oy ichida oltin zaxiralari deyarli 18,6 tonnaga kamaydi.

Yil boshidan beri zaxiralarning kamayishi Markaziy bankni valyuta intervensiyalariga undashi mumkin bo‘lgan savdo taqchilligi (yanvar-sentabr oylarida import 27,01 mlrd dollar, eksport 17,74 mlrd dollar, salbiy savdo saldo 9,28 mlrd dollar), milliy valyutaning qadrsizlanishi fonida, shuningdek, o‘tgan yilga nisbatan pul o‘tkazmalari hajmi kamayishi fonida yuz bermoqda.