Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqada o‘zbekistonlik karatechilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza — jami 15 ta medalni qo‘lga kiritildi. Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun medallar jamg‘arish bo‘yicha eng yaxshi natijadir, deyiladi MOQ xabarida.

Oltin medal:

-67 kg: Abdulvahob Rashidov (o‘smirlar)
-54 kg: Mohinur Teshaboyeva (o‘smirlar)
-61 kg: Saida Musaxonova (o‘smirlar)

Kumush medal:

-61 kg: Sevinch Otaboyeva (yoshlar)
-70 kg: Bekzod Zoirov (yoshlar)

Bronza medali:

-55 kg: Dilmurod Kamoliddinov (yoshlar)
-50 kg: Shodiya Ziyodullayeva (yoshlar)
-52 kg: Humoyunmirzo Halimov (o‘smirlar)
-57 kg: Isomiddin Karimov (o‘smirlar)
+70 kg: Sardor Bahromov (o‘smirlar)
-47 kg: Diyora Po‘latova (o‘smirlar)
-66 kg: Mohichehra Abduraimova (o‘smirlar)
-48 kg: Gulshan Alimardonova (o‘smirlar)
Abdulaziz Rasulov (kata, o‘smirlar)
Yigitlar o‘rtasida jamoaviy kata dasturi (o‘smirlar).