Toshkentda NeUyat festivali boshlandi. Zo‘ravonlikka qarshi Nemolchi.uz loyihasi ikkinchi marta o‘tkazayotgan galereya 139 Documentary Center markazida tashkil etildi. Uni o‘tkazishdan maqsad: jinsiy zo‘ravonlik kabi hodisalar atrofida sukunat va uyat madaniyatini yo‘q qilishdir.

“Bizning jamiyatimizda jinsiy zo‘ravonlikni yashirish, unga duchor bo‘lganlarning dardini qadrsizlantirish uchun javobgarlikni ularning o‘ziga yuklab qo‘yish odat tusiga kirgan: noto‘g‘ri kiyindim, shu harakatim noto‘g‘ri, bu vaqtda bu yerda bo‘lishim kerak emasdi. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish emas, uyalish va sharmandalik hissi bilan qarash odat tusiga kirgan”, — deydi Nemolchi.uz loyihasi koordinatori Nigina Xudaybergenova.

neuyat, jinsiy zo‘ravonlik, суkuт сақлама

Festivalning ochilish marosimida, avvalgisi kabi, NeUyat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unga o‘z ijodini namoyish qilgan 13 rassom uchun bu nafaqat jinsiy zo‘ravonlik muammosiga o‘z munosabatini bildirish, balki o‘tmishda shu kabi holatlarga duch kelgan yoki hozirgi paytda boshdan kechirayotganlarni qo‘llab-quvvatlashga urinishdir.

Ekspozitsiyaning asosiy rangi — yorqin pushti. Uning yordami bilan ko‘rgazma ishtirokchilari o‘zlari aytayotgan hodisa jamiyatning bir qismi tomonidan ijtimoiy me’yor sifatida qabul qilinishini ta’kidlaydi: “Hamma shunday yashayapti-ku!” kabi. Kuch va qudratga tayaniladigan dunyoda zaifroq holatda bo‘lgan yosh bolalar, o‘smirlar, ayollar, qariyalarni qo‘llab-quvvatlashdan ko‘ra, agressorlarning xatti-harakatini oqlaydigan so‘zlar ko‘proq yangraydi.

Ular bunday munosabatni tashqi ko‘rinishi, nigohi, hxatti-harakati va ba’zida hattoki shunchaki mavjudligi bilan qo‘zg‘atishadi.

neuyat, jinsiy zo‘ravonlik, суkuт сақлама

Asarlar yorug‘likni yaxshi aks ettiruvchi oq devorlarga joylangan. Bu ekspozitsiyaga farovonlik va “normallik” effektini berib, xayolan san’at asarlarini yaqinroqdan his qilishga yordam beradi. Ular orasida rassom Anita Turajanova yaratgan “Kis-Kis-Kis” seriyasidan o‘rin olgan 3 ta “Shirin”, “Qizaloq” va “Jo‘jacha” nomli uchta yorqin, kulgili ayol portretlari bor. Bu ketkolling — “beozorgina” hushtak chalishdan tortib, ayollarning shaxsiy chegaralarini ko‘pincha shahvoniy, tahdidli yoki masxaralovchi fikrlarni aytib buzish aks etgan illyustratsiya edi. Qahramonlarning atayin bema’ni tarzda keltirilgan obrazlari orqali muallif epitetlar “mehrli” tarzda aytilmaganda ayollar boshdan kechiradigan “noqulaylik va bema’nilik tuyg‘ularni” aks ettiradi.

neuyat, jinsiy zo‘ravonlik, суkuт сақлама

Jinsiy zo‘ravonlikka uchraganlar jismoniy yo‘qotish xavfi — o‘z tanasining hissi, uning chegaralari bilan kurashishlari kerak. Rassom Sitora Brejneva o‘zining “qalb parchalari” asarida bu mavzu haqida fikr yuritadi. Uning qahramoni — hayotida sodir bo‘lgan zo‘ravonlikdan keyin o‘zini tom ma’noda bo‘laklar ajralib ketadigan ayoldir.

neuyat, jinsiy zo‘ravonlik, суkuт сақлама

Rassom Zilola Qodirova ayollarni obyektivlashtirish orqali jismoniylikning yo‘qolishiga ahamiyat qaratgan. Bu orqali ular huquqlari jihatida kursiga tenglashtirilgan va ularning roli faqat xizmat qilish funksiyasini bajarishga olib kelingan. Go‘yoki ayol jinsidagi predmetlar kundalik yumushlarni bajarib, o‘zlarining xo‘jayinlari miyasida reklama, kino, internet-kouchlar, yaqinlar shakllantiradigan shahvoniy obrazlar yordamida vujudga kelgan idealga intilishlari kerak. Fojia shundaki, odam o‘zining mukammal versiyasiga aylanishga urinishi o‘z-o‘zini yo‘q qilishga olib keladi.

“Jamiyatda biz bo‘lishni istaydigan ayollar va biz hozir ko‘rib turgan ayollar — bu mutlaqo bir-biriga qarama-qarshi ikkita tasvirlardir”, — deydi ko‘rgazma tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Nigina Xudaybergenova.

neuyat, jinsiy zo‘ravonlik, суkuт сақлама

Ko‘rgazmada yozuv va intallyatsiyadan tashqari videotasvirlar hamda qisqa animatsion filmlar taqdim etiladi. Asarlar ikki: o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

NeUyat — ko‘p tarmoqli festival hisoblanadi. Ko‘rgazmada “Travma orqali terapiya tajribasi. Jahannamdan do‘zax orqali chiqish yo‘li” real hikoyasi tahlil qilingan interaktiv ma’ruzani (17-noyabr), “Jamiyatdagi jinsiy zo‘ravonlikning aniq bo‘lmagan oqibatlari va uni qanday davolash mumkinligi” (18-noyabr) va “Yil davomida jinsga asoslangan zo‘ravonlik bilan bog‘liq vaziyat qanday o‘zgardi?” (25-noyabr) kabi ma’ruzalarni ham ko‘rish mumkin. Yaqinda 139 Documentary Center`da (11-noyabr kuni) “istak” filmini tomosha qilish mumkin.

Festival tadbirlariga kirish bepul.

“Biz barchadan tabu va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashishni, jinsiy zo‘ravonlikni boshdan kechirganlarga emas, uni sodir etgan shaxsga uyat hissi bilan qarash madaniyatini targ‘ib qilishni kutmoqdamiz”, — deya ta’kidladi Nigina Xudaybergenova.

NeUyat ko‘rgazmasi 26-noyabrgacha davom etadi. Unga seshanbadan yakshanbagacha soat 11:00 dan 19:00 oralig‘ida borish mumkin.