O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida mamlakatga tashrif buyurgan qator davlat rahbarlari bilan uchrashdi.

Xususan, prezident bosh vazir Anvar ul-Haq Kakar boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi. Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlashning masalalari muhokama qilindi.

davlat rahbarlari, иҳт

Turli darajalarda faol muloqot olib borilayotgani qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi yil boshidan buyon 40 foizga oshgani aytildi.

2024−2025-yillarga mo‘ljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturini tez fursatda qabul qilish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun savdo to‘siqlarini bartaraf etish va qulay sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.

“Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

davlat rahbarlari, иҳт

Unda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar. Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Bundan tashqari, 8-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

davlat rahbarlari, иҳт

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani qayd etildi.

O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Yil boshidan 500 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jalb qilindi, 200 dan ziyod yangi korxonalar tashkil etilgani qayd etildi.

Savdo, sanoat, innovatsiyalar, energetika, transport, ta’lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi qo‘shma loyiha va dasturlarni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Shu bilan birga, 9-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

davlat rahbarlari, иҳт

O‘zaro muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi, logistikada o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. O‘zbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini ko‘rsatib o‘tdilar.

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi bugungi vaziyat nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan ham muzokara o‘tkazdi.

davlat rahbarlari, иҳт

Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Hududlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

davlat rahbarlari, иҳт

Suhbat avvalida Turkmaniston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va chuqurlashgan strategik sheriklik izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Ikki mamlakat prezidentlari mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.

davlat rahbarlari, иҳт

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muntazam o‘tkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari qayd etildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini ta’kidladi.