Chery Arrizo 6 Pro — unikal uslub va dizayn, ilg‘or texnologiyalar xamda yuqori unumdorlikni o‘zida mujassam etgan avtomobildir. Sedan O‘zbekistondagi iste’molchilar uchun intellektual sayohat tajribasini ta’minlovchi kuchli quvvat uzatuvi hamda 25 ta funksional va dizayn yangiliklariga ega.

chery, реклама

Arrizo 6 Pro Chery`ning texnologik ustunligini o‘zida mujassam etib, quvvat xarakteristikasi bo‘yicha ham ustunlikka ega. Arrizo 6 Pro kapoti ostida ajoyib dinamika va yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlaydigan kuchli va tejamkor dvigatel mavjud. Bu avtomobilga bir vaqtni o‘zida ekologik bo‘lib qolib yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etish imkonini beradi. Yangi avtomobil Chery1,5 Turbo turbodvigateli bilan jihozlangan, issiqlik samaradorligi — 37,1%, maksimal quvvati — 108 kVt va maksimal aylanish momenti 210 Nm tashkil qiladi.

Arrizo 6 Pro, shuningdek, turkumidagi ilg‘or haydash tajribasi uchun professional hamda aniq sozlangan sport shassisiga ega. Avtomobilning tashqi ko‘rinishi ham diqqatni o‘ziga torta oladigan bo‘lib, Full-Led faralar va diodli orqa chiroq dizaynlarini o‘z ichiga olgan.

chery, реклама

Shuningdek, u sinfga xos ketma-ket burilish ko‘rsatkichlari, yoritiladigan eshik tokchalari va zamonaviy haydash uslubidagi musiqa ritmida xarakat qiladigan ko‘p rangli atrof-muhit yoritgichlarini o‘z ichiga oladi.

Chery Arrizo 6 Pro CN95 toifali konditsioner tizimi filtrlari va yuqori sifatli o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lib, qulay va ekologik interer yaratadi hamda avtomobil egasi uchun boshqarish qulayligini oshiradi.

chery, реклама

Arrizo 6 Pro korpus ramka tuzilishini, issiq shakllangan va 60% dan ortiq yuqori mustahkamlikka ega po‘latni birlashtiradi, bu uning strukturaviy to‘qnashuvga chidamliligini har tomonlama yaxshilaydi. Kuchli dinamika va zamonaviy dizayn Arrizo 6 Pro`ni uslub va harakatning yetakchilaridan biriga aylantirib, mijozlar va ularning oilalari uchun xavfsizlik hamda haydash zavqini ta’minlaydi. Ushbu modelning o‘ziga xos xususiyati — nafislik va sportning uyg‘un kombinatsiyasidir. Har bir korpus chizig‘i mayda detallarigacha o‘ylab chiqilgan bo‘lib zamonaviy Led-faralar avtomobilga nafislik va joziba bag‘ishlaydi.

26 yillik tarixga ega Chery kompaniyasi mustaqil tadqiqot va ishlanmalar tamoyillariga sodiq bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar, ishonchli sifat, mijozlar ehtiyojini qondirish yo‘lidan bormoqda.

O‘zbekiston bo‘ylab bepul test-drayv xizmatiga Telegram-boti yoki (+998) 71−276−55−55 telefoni orqali yozilish mumkin.

Yangiliklarni Chery Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borish mumkin.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.