ChatGPT chat botini ishlab chiqqan kompaniya — OpenAI o‘z servisi ishlaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni ham kiritdi.

Endilikdar sun’iy intellekt bilan ishlovchi chat botdan O‘zbekiston mobil operatorlari raqamlaridan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tish va botni mamlakat hududida ishlatish mumkin. Shu vaqtgacha katta tezlikda mashhur bo‘lgan servisdan O‘zbekiston hududida foydalanish rasman imkonsiz edi. Servisdan foydalanish uchun VPN servislari va xorijiy mobil operatorlar raqamlaridan foydalanish talab etilardi.

Mana bu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish va chat botni ishga tushirish mumkin. Ayni vaqtda ChatGPT`ning 3.5 versiyasi bepul bo‘lib, to‘rtinchi versiyadan foydalanish uchun 20 dollar miqdorida oylik to‘lov talab etiladi.

Skrin: OpenAI saytiSkrin: OpenAI sayti

Ma’lumot o‘rnida, ChatGPT (inglizcha Generative Pre-trained Transformer) OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan, suhbat rejimida ishlashga qodir bo‘lgan sun’iy intellekt chat bot hisoblanadi. Tizim savollarga javob berish va turli tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilida turli mavzularga oid matnlarni yarata oladi. 2022-yil 30-noyabrda ishga tushirilgan bo‘lib, so‘nggi versiyasi 2023-yil 27-sentabrda taqdim etilgan.