Samarqand viloyatida fuqarodan salkam 32 kg marixuana olib qo‘yildi
8 yanvar 2024, 18:08

Samarqand viloyatida fuqarodan salkam 32 kg marixuana olib qo‘yildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaroning uyidan salkam 32 kg marixuana, shuningdek, opiy va psixotrop dorilar olib qo‘yildi.

Buxoro viloyatida sovuq suv narxi oshiriladi
8 yanvar 2024, 16:46

Buxoro viloyatida sovuq suv narxi oshiriladi

Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv va oqova suv xizmatlari narxi oshadi.

Musulmonlar idorasi Umra xizmatlari uchun yangi narx belgiladi
8 yanvar 2024, 15:44

Musulmonlar idorasi Umra xizmatlari uchun yangi narx belgiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra” markazida Umra xizmatlari narxi 10-yanvardan bir kishi uchun 16,6 mln so‘m etib belgilandi.

Chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olina boshlaydi
8 yanvar 2024, 15:39

Chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olina boshlaydi

Nihoyat Toshkent va bir necha viloyatlarda maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish boshlanadi. Aholiga bepul chiqindi paketlari beriladi. Fuqarolarga qayta ishlangan chiqindilar uchun pul to‘lash rejalashtirilmoqda.

Toshkentda Paynet shoxobchalarida bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochgan shaxs ushlandi
8 yanvar 2024, 14:43

Toshkentda Paynet shoxobchalarida bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochgan shaxs ushlandi

Toshkent shahridagi Paynet shoxobchalarida bir necha bor bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan talonchilik yuzasidan jinoiy ish ochildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzadi
8 yanvar 2024, 14:15

O‘zbekiston va Qozog‘iston savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi. UzKazTrade qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi orqali onlayn savdo maydonchasini yaratish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2023-yilda 1,2 mlrd dollarga kamaydi
8 yanvar 2024, 14:11

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2023-yilda 1,2 mlrd dollarga kamaydi

Dekabrda O‘zbekiston xalqaro zaxiralari ko‘paydi, biroq 2023-yil bo‘yicha mamlakatning “moliyaviy yostiqchasi” 1,2 mlrd dollarga kamayib, 34,56 mlrd dollarni tashkil etdi. Yillik hisobda zaxiralar kamayishi 2018-yildan beri ilk marta kuzatildi. Oltinning fizik hajmi yil davomida deyarli 25 tonnaga kamaydi.

Qoraqalpog‘istonda bir kishi noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi
8 yanvar 2024, 11:52

Qoraqalpog‘istonda bir kishi noma’lum moddadan zaharlanib vafot etdi

Nukus shahrida 2 kishi noma’lum etiologiyali moddadan zaharlandi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holatni hokim o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tekshirmoqda.

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
8 yanvar 2024, 11:08

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi va bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubda +20 darajagacha ko‘tariladi. Payshanba kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi hisobiga harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi.

Andijon va Farg‘onada elektrobus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
8 yanvar 2024, 11:03

Andijon va Farg‘onada elektrobus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Xitoy kompaniyalari Andijon viloyatida yiliga 2 mingta, Farg‘ona viloyatida yiliga mingta elektrobus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda. Ulardan butun O‘zbekiston bo‘ylab jamoat transportini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.

Toshkentda 20 yoshli qiz issiq suvdan kuyishi oqibatida vafot etdi
8 yanvar 2024, 10:52

Toshkentda 20 yoshli qiz issiq suvdan kuyishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda vannaxonadagi issiq suv baki yorilishi oqibatida 20 yoshli qiz kuyish jarohati oldi. U shifoxonada vafot etdi.

Samarqandda 2 nafar hokim yordamchisi pora olishda gumonlanib ushlandi
8 yanvar 2024, 10:25

Samarqandda 2 nafar hokim yordamchisi pora olishda gumonlanib ushlandi

Samarqand tumani hokimining ikki yordamchisi mahalliy aholidan biriga yer ajratgani uchun 1000 dollar olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. SamDU tyutori esa 3 ming dollar olayotgan vaqtda ushlandi. U mahalliy aholiga mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib berishni va’da qilgani aytilmoqda.

O‘FA 3 nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktorini futboldan umrbod chetlatdi
8 yanvar 2024, 10:14

O‘FA 3 nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktorini futboldan umrbod chetlatdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda aybdor deb topib uch nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktori Shuhrat Mo‘minovni futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatdi.

Futbol: O‘zbekiston Falastinni mag‘lub etdi
8 yanvar 2024, 09:34

Futbol: O‘zbekiston Falastinni mag‘lub etdi

O‘zbekistonlik futbolchilar 12-yanvar kuni start oladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasidagi mashg‘ulotlarda Falastinni kichik hisobda mag‘lub etdi.

O‘zbekistonda 2024-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari va hisob-kitoblari qanday o‘zgardi?
7 yanvar 2024, 16:52

O‘zbekistonda 2024-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari va hisob-kitoblari qanday o‘zgardi?

2024-yildan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalari oshirildi va ularni hisoblash tartibi o‘zgardi. Endi jismoniy shaxslar uchun noturar joy obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan bir xil bo‘ladi.

Jizzaxda avtobus “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi
7 yanvar 2024, 15:58

Jizzaxda avtobus “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Zomin tumanida avtobus burilayotib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 50 yoshli yo‘lovchi kasalxonada vafot etdi.

Sharl Mishel Yevropa kengashi prezidenti lavozimini muddatidan oldin tark etmoqchi
7 yanvar 2024, 14:03

Sharl Mishel Yevropa kengashi prezidenti lavozimini muddatidan oldin tark etmoqchi

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel iyulda bo‘lib o‘tadigan Yevroparlament saylovlarida ishtirok etmoqchi. Shu sababli u o‘z lavozimini muddatidan oldin tark etishga qaror qildi. Gap shundaki, bir paytda Yevropa kengashi rahbari va Yevroparlament a’zosi lavozimlarini egallash mumkin emas.

Chiqindi xizmatidan qarzi borlarga ko‘chmas mulk va transport vositasi xarid qilishda bitim tasdiqlanmaydi
7 yanvar 2024, 13:36

Chiqindi xizmatidan qarzi borlarga ko‘chmas mulk va transport vositasi xarid qilishda bitim tasdiqlanmaydi

O‘zbekistonda 2024-yilning aprel oyidan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar chiqindini olib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik bo‘lmagan taqdirdagina notarial tasdiqlanadi.

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi
7 yanvar 2024, 13:09

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mirishkor tumanida Nexia yo‘lning qarama-qarshi tomonida ketayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi Matiz bilan to‘qnashdi
7 yanvar 2024, 11:33

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi Matiz bilan to‘qnashdi

Yunusobod tumanida King Long rusumli 93-sonli avtobus Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil texnik shikastlandi, avtobusga zarar yetmadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting