O‘zgidromet agentligi matbuot xizmati 8−12-yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dushanba kuni hududlarda harorat kunduzi +7…+12 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat ko‘tariladi. 9-yanvarda kechasi 0…+5 daraja iliq, kunduzi +12…+15 daraja iliq bo‘ladi, 10-yanvarda harorat kechasi +5…+8 daraja iliqqacha, kunduzi +15…+18 daraja iliqqacha, janubiy hududlarda 20 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha tuman tushadi.

11-yanvarda mamlakat hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechasi +5…+10 daraja iliq, kunduzi +10…+15 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi −3…−8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0…+5 daraja iliqqacha pasayadi.

Poytaxtda dushanba kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat +9…+11 daraja iliq bo‘ladi.

9−10-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. 9-yanvarda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 9-yanvarda kechasi 0…+2 daraja iliq, kunduzi +12…+14 daraja iliq bo‘ladi, 10-yanvarda harorat kechasi +5…+7 daraja iliqqacha, kunduzi +16…+18 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

11-yanvarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7…+9 daraja iliq, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘ladi.