Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv ta’minoti va oqova xizmatlari narxi oshadi, deb xabar qildi “O‘zsuvta’minot” korxonasi matbuot xizmati.

Viloyatda ichimlik suvi uchun yangi tariflar (1 metr kub):

  • Aholi uchun — 3100 so‘m;
  • Issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun — 3472 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun. — 7840 so‘m;
  • Boshqa iste’molchilar uchun — 7840 so‘m.

Texnik suv (1 metr kub):

  • Aholi uchun — 1500 so‘m;
  • Boshqa iste’molchilar uchun — 1680 so‘m.

Oqova suv xizmati (1 metr kub):

  • Aholi uchun — 2800 so‘m;
  • Issiqlik ta’minoti, diniy tashkilotlar va boshqalar uchun — 3136 so‘m;
  • Budjet tashkilotlari uchun — 5376 so‘m;
  • Boshqa iste’molchilar uchun — 5376 so‘m.

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti yilda Buxoro viloyatida markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrov 51 foizdan 73,1 foizga, oqova xizmatlari 9,2 foizdan 16 foizga oshdi.

Yaqin kelajakda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni 95 foizga, kanalizatsiyani 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, 95 nasos stansiyasi va 8 tozalash inshooti quriladi, 89 dona maxsus texnika xarid qilinadi.

2023-yil noyabr oyi oxirida Toshkent shahar kengashi poytaxtda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari tariflarini oshirishni ma’qulladi.

1-avgustdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, 20-avgustdan esa Toshkent viloyatida ichimlik suvi tariflari oshirildi. Noyabr oyi o‘rtalaridan Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida, 3-noyabrdan esa Xorazm viloyatida tariflar oshirildi.

Qoraqalpog‘istonda ham ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari 15-yanvaridan oshadi.