Samarqand viloyati mahallalaridagi ikki nafar hokim yordamchilari — 1990-yilda tug‘ilgan X.E. va B.V. (1975-yil) pora olganlikda gumonlanib qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular jinoiy til biriktirib, hokimlik zaxirasida bo‘lgan “Siyob” kanali yaqinida bo‘sh turgan 3,5 sotix yer maydonini auksionga qo‘yish va yutishda yordam berish uchun mahalliy fuqarodan 1300 dollar talab qilgan. Prezidentning 2021-yil 3-dekabrdagi farmoniga asosan yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun yer maydoni ajratilishi bunda bahona bo‘lgan.

Hokim yordamchilari bo‘lajak kimoshdi savdosi “g‘olibi”ga tuman hokimligidagi do‘stlari orqali yerning kadastr hujjatlarini tayyorlashda yordam berishni va’da qilgan. Ular 1000 dollar miqdoridagi bo‘nakni berayotgan vaqtida ushlangan. Operatsiya Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy boshqarmalari va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan.

Boshqa holatlar

коррuпция

Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti tyutori T.A. (1975-yil) 3000 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u mahalliy fuqarolarning (ularning soni ko‘rsatilmagan) mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib, nafaqaga chiqarib berish maqsadida Pensiya jamg‘armasining viloyat bo‘limi mansabdor shaxslari bilan til biriktirgan.

коррuпция

Yana bir holatda esa Jizzax viloyatida yashovchi 1994-yilda yashovchi O‘.M. Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi tanishlari orqali (ularning soni ko‘rsatilmagan) fuqaroga “Marjonbuloq” va “Zarafshon” oltin konlaridan biriga ishga joylashishda yordam berishni va’da qilgan. Buning uchun u 2000 dollar talab qilgan va pulni olganidan keyin qo‘lga tushgan.