Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi
7 yanvar 2024, 10:23

Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida ilk sinov parvozi amalga oshirildi

Toshkent-Termiz-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida Let L-410 havo kemasi bilan ilk sinov parvozi amalga oshirildi. Doimiy parvozlar yo‘lovchi terminali qurilib, zaruriy infratuzilma yaratilgandan so‘ng ATR-72, Let L-410 va undan kichik samolyotlarda yo‘lga qo‘yiladi.

Bayden: Tramp — Amerika demokratiyasi uchun tahdid
7 yanvar 2024, 09:56

Bayden: Tramp — Amerika demokratiyasi uchun tahdid

AQSh prezidenti Jo Bayden saylovoldi tashviqotidagi OAV tomonidan keskin deya ta’riflangan nutqida ehtimoliy raqibi Donald Trampni Amerika demokratiyasiga tahdid deb atadi. Tramp bunga javoban Baydenning nutqini “ta’sirli, qo‘rquv uyg‘otuvchi targ‘ibot tadbiri” deya baholadi.

Turkiyada xalqaro qidiruvdagi 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
6 yanvar 2024, 22:17

Turkiyada xalqaro qidiruvdagi 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Ular uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 120 dan oshdi, yana yuzlab odam bedarak yo‘qolgan
6 yanvar 2024, 21:31

Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 120 dan oshdi, yana yuzlab odam bedarak yo‘qolgan

Yaponiya hukumati 1-yanvar kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 126 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Yana 500 dan ortiq odam jarohatlangan, 200 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan. Buzilgan yo‘llar va noqulay ob-havo tufayli qutqarish ishlari qiyin kechmoqda.

2024-yilda soliqlar: nima o‘zgardi?
6 yanvar 2024, 21:24

2024-yilda soliqlar: nima o‘zgardi?

O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Spirtli ichimliklar, alkogol va tamaki mahsulotlari, benzin, qurilish materiallariga aksiz solig‘i stavkalari o‘zgarmoqda. Ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shuningdek, yangi yig‘imlar joriy etilmoqda. Soliqlar bo‘yicha o‘zgarishlar — “Gazeta.uz” sharhida.

JSST COVID-19 bilan kasallanish ortib borayotgani sababli niqob taqishga chaqirdi
6 yanvar 2024, 21:09

JSST COVID-19 bilan kasallanish ortib borayotgani sababli niqob taqishga chaqirdi

So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi.

O‘zbekistonda dekabr oyi me’yordan 1,5−2 darajaga issiq bo‘ldi
6 yanvar 2024, 17:37

O‘zbekistonda dekabr oyi me’yordan 1,5−2 darajaga issiq bo‘ldi

O‘zbekistonda dekabr oyi me’yorlardan 1,5−2 darajaga issiq bo‘ldi. Noyabr oyi esa kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi. Shu bilan birga, 13-dekabr kuni Toshkentda oxirgi 30 yildagi eng past harorat qayd etildi.

Tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham foto va videoga qayd etish huquqi berildi
6 yanvar 2024, 16:55

Tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham foto va videoga qayd etish huquqi berildi

Yo‘l harakati qoidalari buzilganini qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi. Bunda tadbirkor jarima sifatida undirilgan mablag‘ning 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

Endi chiqindi xizmatidan qarzi borlar “svet”ga pul to‘lolmaydi
6 yanvar 2024, 15:41

Endi chiqindi xizmatidan qarzi borlar “svet"ga pul to‘lolmaydi

Endi qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs, elektr energiyasi uchun pul to‘lolmaydi. Bunday tartib dastlab Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida, keyin esa butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi.

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi viloyatga vaqtincha hokim bo‘ldi
6 yanvar 2024, 15:39

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi viloyatga vaqtincha hokim bo‘ldi

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgani sababli uning o‘rnini yoshlar yetakchisi Dilmurod Rahimjonov vaqtincha egalladi. Hokimlik buni “yoshlarga motivatsiya berish” deya izohladi. Bunday amaliyot 2020-yilda Andijon viloyatida ham kuzatilgan.

Toshkentda bepul kiyim tarqatib, tartibsizlik chiqargan do‘kon egasi jarimaga tortildi
6 yanvar 2024, 15:25

Toshkentda bepul kiyim tarqatib, tartibsizlik chiqargan do‘kon egasi jarimaga tortildi

Toshkentdagi savdo do‘konlarining birida bepul kiyim-kechak tarqatilishi sabab tartibsizlik yuzaga keldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha hech kim jarohatlanmagani va jamoat tartibi saqlanganini bildirdi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani uchun do‘kon rahbari 5,1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Dekabrda 3 ta bankning ayrim operatsiyalari cheklandi, 2 ta bank jarimaga tortildi
6 yanvar 2024, 15:05

Dekabrda 3 ta bankning ayrim operatsiyalari cheklandi, 2 ta bank jarimaga tortildi

Markaziy bank qo‘mitasi 2023-yil dekabr oyida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etmagani uchun 3 ta bankning ayrim operatsiyalarni amalga oshirishiga cheklov o‘rnatdi va 2 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi.

O‘zbekiston Italiya bilan shartnomalarni ratifikatsiya qildi
6 yanvar 2024, 14:24

O‘zbekiston Italiya bilan shartnomalarni ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston Italiya bilan ushlab berish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi.

Toshkentda vodorobuslar sinovdan o‘tkaziladi
6 yanvar 2024, 12:37

Toshkentda vodorobuslar sinovdan o‘tkaziladi

Toshkentda ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida vodorod gazida harakatlanuvchi avtobuslarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

“Jihodchilar” oqimi a’zosi bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga qamaldi
6 yanvar 2024, 12:25

“Jihodchilar” oqimi a’zosi bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga qamaldi

“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga aloqadorligi uchun to‘qqiz yil qidiruvda bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi
6 yanvar 2024, 11:50

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston oktabrda kuzatilgani kabi noyabr oyida ham dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi. Mamlakatning qimmatbaho metallni sotish hajmi 11 tonnani tashkil etdi, bu ikkinchi o‘rindagi Qozog‘istonning ko‘rsatkichlaridan deyarli 4 baravar ko‘p.

O‘zini o‘zi band qilganlar va kichik biznesni moliyalashtirishda tavakkalchilik darajasi pasaytirilmoqda
6 yanvar 2024, 11:43

O‘zini o‘zi band qilganlar va kichik biznesni moliyalashtirishda tavakkalchilik darajasi pasaytirilmoqda

Markaziy bank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda tavakkalchilik darajasini 100 foizdan 75 foizgacha tushirishni reja qilmoqda.

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
6 yanvar 2024, 11:18

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. 7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +9…+14 daraja bo‘ladi.

“O‘zmilliybank” 2023-yil sarhisobi bilan bo‘lishdi
6 yanvar 2024, 11:00

“O‘zmilliybank” 2023-yil sarhisobi bilan bo‘lishdi

2023-yilda “O‘zmilliybank” AJ ko‘plab ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirib, hududlarning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda ishtirok etdi.

2024-yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 2,4% gacha sekinlashadi — BMT
6 yanvar 2024, 10:57

2024-yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 2,4% gacha sekinlashadi — BMT

BMTga ko‘ra, 2024-yilda global iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 2,4% gacha sekinlashadi. Hisobotda aytilishicha, to‘siqlar sirasiga yuqori foiz stavkalari, konfliktlarning kuchayishi, sust xalqaro savdo va iqlim falokatlari kabilar kiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting