O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqarodan giyohvandlik moddasi topilib, olib qo‘yildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

A.A.ning (1983-yilda tug‘ilgan) uyi va yordamchi xo‘jalik xonalari ko‘zdan kechirilganda 31,8 kg marixuana, 2 gramm opiy va 2 dona psixotrop dori vositasi topilgan.

гиёҳvaнд моддалар

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida 1991-yilda tug‘ilgan R.A. va 1992-yilda tug‘ilgan B.M. mahalliy fuqaroga 198 dona “Zardeks” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.