2-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida Nexia piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.

Tumanning Yangihayot mahallasi Chandir qishlog‘i hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlangan Nexia haydovchisi A.S. yo‘lning qarama-qarshi tomonida ketayotgan piyoda N.Ch.ni urib yuborgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada voft etgan.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.