6-yanvar kuni soat 20:30 atrofida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida King Long yo‘lovchi avtobusi va Matiz avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati.

“1-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi 93-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi R.F. boshqaruvidagi avtobus tumanning “Juma masjidi” bekati oldida Matiz bilan kichik to‘qnashuv sodir etgan.

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yengil avtomobil texnik shikastlangan, avtobusga hech qanday zarar yetmagan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.