2023-yil 29-dekabr kuni Nukus shahri 23-kichik tumanda 2 kishi noma’lum etiologiyali modda ta’sirida zaharlandi. Bu haqda shahar hokimining holatni tekshirish bo‘yicha 6-yanvardagi qarorida so‘z boradi.

Ular zaharlangach, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yotqizilgan. Ammo fuqarolardan biri ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, vafot etgan.

Shahar hokimi qarori bilan hokim o‘rinbosari boshchiligida mazkur va boshqa baxtsiz hodisalar sabablarini tekshirish hamda oldini olish bo‘yicha komissiya tuzildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.