Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, dekabr oyida 1,67 mlrd dollarga oshgan holda 34,56 mlrd dollarni tashkil qildi.

O‘tgan oyda xorijiy valyutadagi zaxiralar 751,3 mln dollarga oshgan. Oltinning fizik hajmi 11,6 mln troy unsiyadan 11,9 mln troya unsiyasiga (+9,3 tonna), oltin zaxiralari qiymati esa 906,3 mln dollarga oshgan.

Shu bilan birga, 2023-yil yakuniga ko‘ra, mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi” 1,2 mlrd dollarga — 35,77 mlrd dollardan 34,56 mlrd dollargacha qisqardi. Xorijiy valyutadagi zaxiralar 2,27 mlrd dollarga qisqarib, 9,37 mlrd dollarni tashkil qildi.

Oltin zaxiralarining qiymati 1,57 mlrd dollarga oshib, 23,06 mlrd dollarni tashkil etdi, ammo qimmatbaho metalning fizik hajmi 0,8 mln troya unsiyaga (-24,8 tonna) — 11,9 mln troya unsiyasigacha (370,1 tonna) kamaydi. Bu yil davomida oltinning unsiyasi taxminan 1815 dollardan 2066 dollargacha (+13,8 foiz) qimmatlashgani bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat oltin-valyuta zaxiralari 2018-yildan beri (o‘shanda yil yakuniga ko‘ra 1,55 mlrd dollarga (27,2 mlrd dollargacha kamayish kuzatilgan) birinchi marta kamaymoqda. Bu yildan boshlab zaxiralar faqat oshib kelayotgandi (2019-yilda +2,7 mlrd dollar, 2020-yilda +4,38 mlrd dollar, 2021-yilda +105,5 mln dollar, 2022-yilda +1,5 mlrd dollar).

Oktabr va noyabr oylarida O‘zbekiston jami 22 tonna oltin sotgan holda jahonda oltin savdosi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 11 oyi davomida O‘zbekiston rekord darajadagi 8,15 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobar ko‘p. Bu summaning 1,28 mlrd dollari noyabr oyiga to‘g‘ri kelgan.