Moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan
24 noyabr 2020, 20:05

Moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilganini ma’lum qildi. Huquqbuzarlarning 167 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi. Ular qatorida Sirdaryo tumani hokimi [11,7 mln so‘m] va «Vuildinig and Supplies» qurilish korxonasi [630,4 mln so‘m] jarimaga tortilgan. 17 ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

«Sputnik V» vaksinasining samaradorligi 95 foizdan oshdi
24 noyabr 2020, 18:11

«Sputnik V» vaksinasining samaradorligi 95 foizdan oshdi

COVID-19 ga qarshi «Sputnik V» vaksinasining ishlab chiquvchilari uning samaradorligini 95% dan yuqori ekanligini e’lon qilishdi. Xalqaro bozorlar uchun bitta vaksina dozasi 10 dollardan kamroqqa narxlanmoqda.

Toshkent hokimiyati 1 mlrd so‘mga prezident portretlarini sotib olgan (aniqlik kiritildi)
24 noyabr 2020, 17:49

Toshkent hokimiyati 1 mlrd so‘mga prezident portretlarini sotib olgan (aniqlik kiritildi)

Toshkent hokimining boshqaruv apparati 1 mlrd so‘mga 4965 dona prezident portretlarini sotib olgan. Shartnoma Kolorpak kompaniyasi bilan tuzilgan.

Sirdaryo viloyatidagi YTH oqibatida Shirin shahri vaqtincha gazsiz qoldi
24 noyabr 2020, 17:04

Sirdaryo viloyatidagi YTH oqibatida Shirin shahri vaqtincha gazsiz qoldi

Sirdaryo viloyatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida transport vositasi yo‘l chetidan o‘tgan gaz tarmog‘iga borib urildi. Oqibatda Shirin shahri vaqtincha gazsiz qoldi.

O‘zbekiston eksport qilgan avtomobillarning 90 foizini Qozog‘iston sotib olgan
24 noyabr 2020, 16:30

O‘zbekiston eksport qilgan avtomobillarning 90 foizini Qozog‘iston sotib olgan

10 oy davomida avtomobil eksporti hajmi 66,8 foizga, ya’ni 50,9 mln dollarga oshgan bo‘lib, tashqi bozorlarga sotilgan avtomobillarning deyarli 90 foizini Qozog‘iston xarid qilgan.

Koronavirus tufayli Xitoyda yuzlab reyslar bekor qilindi
24 noyabr 2020, 16:26

Koronavirus tufayli Xitoyda yuzlab reyslar bekor qilindi

Koronavirus infeksiyasi sababli Xitoyda yuzlab reyslar bekor qilindi. Jumladan, Shanxayning «Pudong» xalqaro aeroportida kamida 436 ta, Tyanszindagi «Binxay» aeroportida esa 165 ta reys to‘xtatilgan.

2021 yilda gaz va elektr energiyasi narxlarini oshirmaslik belgilanmoqda — deputat
24 noyabr 2020, 16:16

2021 yilda gaz va elektr energiyasi narxlarini oshirmaslik belgilanmoqda — deputat

2021 yil davomida tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun tariflar oshirilmasligi belgilanmoqda, deya xabar qildi deputat Rasul Kusherbayev. Bosh vazir Abdulla Aripov ushbu xabarni tasdiqlab, bu aholi uchun yengillik yaratish yo‘lida qilinayotganini ta’kidladi.

Jizzaxda sovuqda yupun kiyingan bolalar ishtirokidagi tadbir tashkilotchilariga ogohlantirish berildi
24 noyabr 2020, 16:10

Jizzaxda sovuqda yupun kiyingan bolalar ishtirokidagi tadbir tashkilotchilariga ogohlantirish berildi

Baxmal tumanida yupun kiyingan bolalar ishtirok etgan tadbir tashkilotchilariga tumani hokimligi tomonidan ogohlantirish berildi hamda qonuniy tartibda chora ko‘riladigan bo‘ldi. Tadbir 5−6 daqiqa davom etgan va bolalar uzoq vaqt tashqarida qolmagan, deya xabar berdi hokimlik.

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar qanday va ularga nima ta’sir qiladi — ITIM sharhi
24 noyabr 2020, 15:24

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar qanday va ularga nima ta’sir qiladi — ITIM sharhi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining aniqlashicha, ikkilamchi bozor hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400−500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi. ITIM ekspertlari ikkilamchi avtomobil bozordagi avtomobillarning narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish bo‘yicha amaliy tadqiqot o‘tkazdi.

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilishi mumkin
24 noyabr 2020, 13:57

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriy bir yilga uzaytirilishi mumkin

Davlat ekologiya qo‘mitasining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga moratoriy 2021-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilishi mumkin. Qo‘mita bu boradagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritdi.

Qashqadaryoda ichimlik suvi tizimini yaxshilash uchun ajratilgan 23 mlrd so‘m mablag‘ behuda sarflangan
24 noyabr 2020, 13:13

Qashqadaryoda ichimlik suvi tizimini yaxshilash uchun ajratilgan 23 mlrd so‘m mablag‘ behuda sarflangan

Qashqadaryo viloyatida 2018, 2019 va 2020 yilning shu davriga nisbatan ichimlik suvi uchun ajratilgan 23 mlrd so‘m mablag‘ samarasiz sarflangani ma’lum bo‘ldi. Aytilishicha, buning oqibatida 10 ta hududga haligacha ichimlik suvi yetib bormagan. Viloyatning Nishon, Kasbi, Koson, Muborak tumanlariga ham ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanilmagan.

Elektr energiyasini faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib berish taklif etildi
24 noyabr 2020, 12:39 2

Elektr energiyasini faqat oldindan to‘lov asosida yetkazib berish taklif etildi

2021 yildan barcha elektr energiyasi iste’molchilariga elektr energiyasini yetkazib berish faqat oldindan to‘lov asosida amalga oshirilishi taklif etilmoqda. To‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilarga nisbatan elektr tarmoqlaridan to‘liq uzish chorasi ko‘rilishi mumkin.

Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori pora olayotgan paytda ushlandi
24 noyabr 2020, 12:34

Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori pora olayotgan paytda ushlandi

Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga 10 ming AQSH dollarini olganligi uchun qo‘lga olindi.

Toshkent shahrida avtobus yonib ketdi
24 noyabr 2020, 12:33

Toshkent shahrida avtobus yonib ketdi

Toshkent kichik halqa yo‘lida avtobus yonib ketdi. Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi va yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar yo‘q.

Xitoy Oydan tuproq olib kelish uchun yig‘uvchi apparatini kosmosga uchirdi
24 noyabr 2020, 12:23

Xitoy Oydan tuproq olib kelish uchun yig‘uvchi apparatini kosmosga uchirdi

Xitoy «Chanchjen-5» eltuvchi raketasi orqali avtomatik tarzda Yerga qaytadigan tuproq yig‘uvchi apparatini muvaffaqiyatli tarzda kosmosga uchirdi. «Chan’e-5» deb nomlanuvchi o‘zi qaytadigan uskuna reja bo‘yicha uch haftadan so‘ng Yerga Oy tuprog‘ini olib kelishi kerak. Tuproqdan ilmiy o‘rganish va tadqiqot qilish ishlari uchun foydalaniladi. Bungacha faqat AQSH va Sobiq Ittifoq ushbu vazifani bajarishgan.

Milliy gvardiya xarbiylari fuqaroni majburlab olib ketayotgani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
24 noyabr 2020, 12:12

Milliy gvardiya xarbiylari fuqaroni majburlab olib ketayotgani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Eski juva» bozoriga kirishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroni majburlab olib ketishgani tasvirlangan video tarqaldi. Milliy gvardiya mazkur holat yuzasidan munosabat bildirar ekan, mojaroga pirotexnika oldi-cotdisi bilan bog‘liq nizo sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Tramp hokimiyatni Baydenga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi
24 noyabr 2020, 11:59

Tramp hokimiyatni Baydenga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z shtabiga hukumatni topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi. GSA rahbari Emili Myorfi Jo Bayden shtabiga AQSH ma’muriyati uning g‘alabasini tan olishga tayyor ekanligini anglatuvchi murojaat yubordi.

Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi v. b. etib tayinlandi
24 noyabr 2020, 11:52

Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi v. b. etib tayinlandi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi v. b. etib Jamshid Nasriddinov tayinlandi.

Jo Bayden Oq uydagi asosiy mansablar uchun o‘z nomzodlarini tanladi
24 noyabr 2020, 11:28

Jo Bayden Oq uydagi asosiy mansablar uchun o‘z nomzodlarini tanladi

Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Jo Bayden prezident ma’muriyati tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Evril Xeyns AQSH milliy razvedkasini boshqaradigan birinchi ayol va Kubada tug‘ilgan Alexandro Mayorkas esa Milliy xavfsizlik departamentini boshqaradigan ilk lotinamerikalik bo‘lishi mumkin.

Jizzaxda maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqildi
24 noyabr 2020, 11:18

Jizzaxda maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqildi

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi kutubxona ochilish marosimiga maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda olib chiqildi. O‘sha kuni havo harorati -2 darajadan -11 darajagacha sovuq bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting