Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistondan chet elga 127,2 mln dollar qiymatidagi 13 310 dona yengil avtomobil eksport qilingan, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

2019 yilning shu davri bilan solishtiriladigan bo‘lsa, avtomobil eksporti 66,8% ga, ya’ni 50,9 mln dollarga oshgan bo‘lib, eksport qilingan avtomobillarning deyarli 90 foizini Qozog‘iston sotib olgan. O‘zbekiston Qozog‘istonga 109,8 mln dollarlik avtomobil sotgan.

Sotib olish bo‘yicha keyingi o‘rinlarda:

  • Ukraina (6,4 mln dollar);
  • Ozarbayjon (6,2 mln dollar);
  • Rossiya (2,2 mln dollar);
  • Tojikiston (1,2 mln dollar);
  • Boshqa davlatlar — (1,4 mln dollar) turibdi.

Ma’lumot uchun, yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 392,8 mln dollar qiymatidagi 22 228 dona yengil avtomobil import qilingan.

Avvalroq, yanvar oyidan beri O‘zbekiston Qozog‘istondan 67 mln dollarlik miqdorda 3,1 ming dona avtomobil sotib olgani va eng yirik importchiga aylangani haqida xabar bergan edik.