24 noyabr kuni soat 06:13 da Toshkent kichik halqa yo‘lida, 116-sonli yo‘nalishli avtobus avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan, deya xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishgan. Soat 06:26da yong‘in qurshab olingan va soat 06:39da to‘liq bartaraf etilgan. Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo‘linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Ushbu voqeada jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o‘z vaqtida yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.