Tadbirkorlarga xodimning homiladorlik nafaqasini davlat qanday to‘lab berishi tushuntirildi
21 sentabr 2022, 10:09

Tadbirkorlarga xodimning homiladorlik nafaqasini davlat qanday to‘lab berishi tushuntirildi

Hukumat qarori bilan xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to‘lash tartibi belgilandi. Nafaqa farzand tug‘ilgunigacha 1 992 000 so‘mga yaqin miqdorda beriladi. Plastik karta orqali oyning 10-sanasigacha, naqd ko‘rinishda esa 27-sanasigacha taqdim etiladi.

FlyDubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
21 sentabr 2022, 09:57

FlyDubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

21 sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Dubay — Samarqand yo‘nalishidagi ilk havo kemasi kutib olinadi. Aviakompaniya tomonidan yangi yo‘nalishdagi parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi
21 sentabr 2022, 09:50

O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi

Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan O‘ktam To‘rayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi.

«Yashil makon» millionlab daraxt ekishgina emas, balki to‘g‘ri joyga ekish va parvarish qilish hamdir — Matilda Dimovska
20 sentabr 2022, 22:58

«Yashil makon» millionlab daraxt ekishgina emas, balki to‘g‘ri joyga ekish va parvarish qilish hamdir — Matilda Dimovska

BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida «Yashil Makon» tashabbusi doirasida Orolbo‘yi va Surxondaryoni o‘rmonzorlashtirish, ularning qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish hamda O‘zbekiston shaharlarini ko‘kalamzorlashtirish bosh rejasini ishlab chiqish loyihasi boshlandi.

Rossiya armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan xorijliklar uchun fuqarolikni olishni osonlashtiradi
20 sentabr 2022, 22:34

Rossiya armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan xorijliklar uchun fuqarolikni olishni osonlashtiradi

Rossiya Davlat Dumasi RF armiyasida shartnoma bo‘yicha xizmat qiladigan chet elliklar mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkinligi to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Moskvadagi «Saxarova» migratsiya markazida xorijliklarni harbiy xizmatga qabul qilish uchun infratuzilma yaratiladi.

20 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 sentabr 2022, 22:00

20 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Onlayn maktab shahodatnomasi, Toshkent xalqaro aeroportida ishga tushgan MIB bo‘limi, tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni ikki davlat prezidentlari bilan muhokama qilgan Shavkat Mirziyoyev, AQSh kelishuv evaziga O‘zbekistonga afg‘on samolyotlarini berishi mumkinligi va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Rossiya qonunchiligiga «safarbarlik» tushunchasi kiritilmoqda
20 sentabr 2022, 21:36

Rossiya qonunchiligiga «safarbarlik» tushunchasi kiritilmoqda

Rossiya Davlat dumasi harbiy xizmatga qarshi jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Unga ko‘ra, xizmat davri safarbarlik yoki harbiy holat hisoblanib, bunda buyruqlarni bajarmaganlik, dezertirlik va xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Ijtimoiy tarmoqda «samosud»ni yoqlab keskin chiqish qilgan imom noib ishdan bo‘shatildi
20 sentabr 2022, 19:29

Ijtimoiy tarmoqda «samosud»ni yoqlab keskin chiqish qilgan imom noib ishdan bo‘shatildi

Toshkentdagi «Aziz ota» jome masjidi imom noibi ijtimoiy tarmoq orqali «samosud»ni yoqlab chiqish qilgani uchun ishdan olindi. Musulmonlar idorasi amaldagi qonunlarga zid ravishda zo‘ravonlikka chaqiruvchi bu kabi chiqishlarni qoraladi.

«Urushning tugashida Rossiyaning qadami juda muhim» — Erdog‘an Ukraina bilan bog‘liq vaziyat haqida
20 sentabr 2022, 18:03

«Urushning tugashida Rossiyaning qadami juda muhim» — Erdog‘an Ukraina bilan bog‘liq vaziyat haqida

Turkiya prezidenti Pbs nashriga bergan intervyusi SHHT sammiti doirasida RF rahbari bilan bo‘lgan suhbatning taassurotlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi holat muammoli tus olayotgani, o‘zaro manfaatli kelishuv doirasida urushga tezroq barham berish kerakligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi
20 sentabr 2022, 18:01

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Ular Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealarni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi va ikki tomonlama kelishuvlarga erishilganini olqishladi.

«O‘zbekiston BMTning ko‘p tomonlama kun tartibini ilgari surishda yetakchi o‘rinni egallaydi» — Antoniu Guterrish
20 sentabr 2022, 17:44

«O‘zbekiston BMTning ko‘p tomonlama kun tartibini ilgari surishda yetakchi o‘rinni egallaydi» — Antoniu Guterrish

Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMTning Nyu-Yorkda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida kengayib borayotgan hamkorlikni olqishladi. Guterrish O‘zbekiston tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari va iqlim kabi sohalarda ishonchli hamkor ekanini qayd etdi.

Sirdaryo va Buxoroda institut diplomini olib berish va texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar aniqlandi
20 sentabr 2022, 17:16

Sirdaryo va Buxoroda institut diplomini olib berish va texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqarolar aniqlandi

Sirdaryoda ikki shaxs fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Irrigatsiya institutining Qarshi filialini tugatganlik to‘g‘risida diplom olib berishiga ishontirgan. Buxoroda ham turizm va madaniy meros texnikumiga o‘qishga kiritish evaziga fuqarolardan pul olgan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar hujjat dublikatini onlayn olishi mumkin
20 sentabr 2022, 17:04

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar hujjat dublikatini onlayn olishi mumkin

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar uchun hujjat dublikatini masofadan turib olish xizmati yaratildi. Buning uchun yagona portalga (my.gov.uz) ariza yuboriladi. Dublikat elektron shaklda berilgach, maktabdan berilgan attestat o‘z kuchini yo‘qotadi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
20 sentabr 2022, 16:49

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Emomali Rahmon telefon orqali muloqotda Shavkat Mirziyoyevga tojik-qirg‘iz chegarasidagi voqealar rivoji haqida ma’lumot berdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
20 sentabr 2022, 16:14

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 28,83 so‘mga arzonlab, 10 950,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham pasaydi, yevro esa ko‘tarildi.

Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis hududlar ro‘yxati tasdiqlandi
20 sentabr 2022, 15:47

Shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis hududlar ro‘yxati tasdiqlandi

Shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan 297 ta olis va chekka hudud ro‘yxati tasdiqlandi. Ularning maoshiga 2 mln so‘m ustama belgilanadi va ipoteka asosida uy-joy sotib olishda 50 foizigacha, biroq BHMning 500 barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.

Food City savdo majmuasida ulgurji bozor ochiladi
20 sentabr 2022, 15:00

Food City savdo majmuasida ulgurji bozor ochiladi

24 sentabr kuni Food City savdo majmuasi ulgurji bozor ochilishiga taklif qiladi. Ushbu bozorda savdo ertalabki soatlarda amalga oshiriladi.

Toshkentda yuk mashinasi ko‘prik chetiga ag‘darilib ketdi
20 sentabr 2022, 14:30

Toshkentda yuk mashinasi ko‘prik chetiga ag‘darilib ketdi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan yuk mashinasi yangi qurilgan ko‘prikning chetiga ag‘darildi. Haydovchi qo‘lidan jarohat oldi. Hozirda ushbu yo‘lning bir qismi ta’mirlash uchun yopilgan.

Politico: AQSh kelishuv evaziga O‘zbekistonga afg‘on samolyotlarini berishi mumkin
20 sentabr 2022, 14:19

Politico: AQSh kelishuv evaziga O‘zbekistonga afg‘on samolyotlarini berishi mumkin

AQSh hukumati O‘zbekiston va Tojikistonga «chegara xavfsizligi va terrorizmga qarshi kurash sohasida munosabatlarni chuqurlashtirish» bo‘yicha norasmiy kelishuv evaziga afg‘on samolyotlarining bir qismini berishi mumkin, deb yozadi Politico nashri.

«Sardoba ishi» bo‘yicha yana 29 kishiga sud hukmi o‘qildi
20 sentabr 2022, 14:14 1

«Sardoba ishi» bo‘yicha yana 29 kishiga sud hukmi o‘qildi

Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga mas’ul bo‘lgan yana 29 kishiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Ularning 3 nafari 5 yildan 10 yilgacha qamaldi, qolgan 26 nafari esa jarimaga tortildi. Ularga shuningdek, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash taqiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting