Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ekspertlari Baxtiyor Ismoilov va Baxtishod Hamidov O‘zbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat va avtomobil narxiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganib chiqishdi.

ITIM ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 milliondan ortiqroq yengil avtomobillar ruyxatdan o‘tgan. Ikkilamchi bozorning hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400−500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda (qayta) ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni

(yanvar 2018=100%)

Ekspertlarning ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida avtomobillarning narxi ularning ishlab chiqarilgan yiliga bog‘liq bo‘lmagan, ammo so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgara boshladi. Bu, asosan, yangi mashina sotib olishdagi to‘siqlarning kamayishi bilan bog‘lanmoqda.

Dastlabki tahlillarning ko‘rsatishicha, hozirgi kunda o‘rta hisobda avtoulovning bir yilga eskirishi uning narxini 600 dollarga pasaytiradi. Biroq bu hisoblash usuli avtomobilning turli xil xususiyatlarining narxga ta’sir qilish ehtimolini inobatga olmaydi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hisobga olgan holda ikkilamchi avtomobil bozorini tahlil qilish uchun internet ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashga moslashgan maxsus veb-skreyping usuli ishlatildi.

Rusumi va yillar bo‘yicha o‘rtacha avtomobil narxlari (AQSH dollarida)

(veb-skraping usuli orqali yig‘ilgan)

Marka

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

Chevrolet Captiva, 2 pozitsiya

16593

19000

-

24000

-

-

-

Chevrolet Captiva, 3 pozitsiya

19271

20122

20740

19500

-

-

-

Chevrolet Captiva, 4 pozitsiya

20071

21143

24728

25364

28492

35000

36500

Chevrolet Cobalt, 1 pozitsiya

7338

7721

8516

8472

8610

8850

-

Chevrolet Cobalt, 2 yevro

8107

8025

8306

8043

9471

9742

10467

Chevrolet Cobalt, 2 pozitsiya

7971

8150

8459

8768

9141

9647

10041

Chevrolet Cobalt, 3 pozitsiya

8292

8379

9231

9236

8225

10273

9982

Chevrolet Cobalt, 4 pozitsiya

8184

9029

9350

9967

9813

10595

11349

Chevrolet Damas

6181

6372

6666

7150

7282

7779

8046

Chevrolet Labo

-

7450

8063

8280

8748

9186

9007

Chevrolet Lacetti

9213

9262

10000

10900

12233

11235

12413

Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya

8695

9072

9387

9728

10255

11258

11883

Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya

9176

8936

9618

10383

10765

11271

11965

Chevrolet Lacetti, 2 pozitsiya

9009

9215

10000

10100

10889

11105

11833

Chevrolet Lacetti, 3 pozitsiya

9545

10063

9680

11554

11853

12757

13881

Chevrolet Malibu 2

-

-

-

23978

26212

27457

28051

Chevrolet Malibu, 2 pozitsiya

14977

15466

16493

22700

27438

23934

28857

Chevrolet Malibu, 3 pozitsiya

16033

16900

17750

28000

26350

26789

28352

Chevrolet Matiz

4688

4470

4283

5554

5042

-

-

Chevrolet Matiz Best, 2 pozitsiya

5100

4813

6000

5433

5189

-

-

Chevrolet Matiz Best, 3 pozitsiya

4543

5063

5404

5513

5108

-

-

Chevrolet Matiz, 1 pozitsiya

4394

4493

4055

4862

5216

-

-

Chevrolet Matiz, 2 pozitsiya

4435

4504

4765

5180

4875

6000

-

Chevrolet Matiz, 3 pozitsiya

4812

4746

4580

5367

5667

5792

-

Chevrolet Matiz, 4 pozitsiya

4639

4942

5275

5271

5950

-

-

Chevrolet Nexia 2

6551

7259

6643

7300

8203

-

-

Chevrolet Nexia 3, 2 pozitsiya

-

-

7816

7985

8037

8375

8819

Chevrolet Nexia 3, 4 pozitsiya

9000


8478

8498

8907

9461

10182

Chevrolet Spark, 1 pozitsiya

5302

6205

5931

6000

7000

-

8165

Chevrolet Spark, 2 yevro pozitsiya

5989

6127

6859

6955

6968

7321

7776

Chevrolet Spark, 2 pozitsiya

5932

6027

6311

6515

6843

7124

7500

Chevrolet Spark, 3 pozitsiya

6022

6235

6336

7140

7528

7714

8714

Chevrolet Spark, 4 pozitsiya

6050

6672

8167

7413

7863

8565

8846

Chevrolet Tracker, 2 pozitsiya

-

-

-

-

17000

18948

19814

Daewoo Damas

5000

-

-

-

-

-

7782

Daewoo Lacetti

9500

8217

9487

9094

-

-

-

Daewoo Matiz (Standart)

4363

4441

4583

5050

-

-

-

Daewoo Matiz Best



4550

5000

5500

-

-

Daewoo Nexia

5936

5761

6200

-

-

-

8429

Daewoo Nexia II

6364

6529

6543

-

-

-

-

Kia Carnival

-

22915

27199

26500

32833

35000

37500

Ravon Nexia R3

-

-

8205

8028

8487

8098

10079

Ravon R4

7908

8200

9500

9094

9570

10014

10534

VAZ (Lada) Largus

9061

10455

11214

12249

12825

13918

13624

VAZ (Lada) Vesta

-

8200

10500

10669

11429

12507

13382

VAZ (Lada) Niva

8000

7129

-

11584

10200

10800

12140

Ma’lumotlar tavsifi

Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, marka, rang, sotilish joyi va boshqa jihatlari bir xil bo‘lgan va faqat yoshida farq qiladigan avtomobillar solishtirib ko‘rilganda, bir yilga eskirish narxni o‘rtacha 300−400 dollargacha pasayishiga olib kelishi aniqlandi.

Shu bilan birga, natijalarga ko‘ra, avtomobilning yurib o‘tgan masofasi uning narxiga sezilarli ta’sir qilmaydi. Buni ishlab chiqarilgan yili yurib o‘tilgan masofani allaqachon o‘zida aks ettirishi, shuningdek, odometrdagi raqamlarni orqaga aylantirish amaliyoti keng tarqalganligi bilan izohlasa bo‘ladi. Shunga o‘xshash fikrlar bu sohadagi boshqa mutaxassislar tomonidan ham keltirib o‘tilgan.

Avtomobilning ishlab chiqarilgan yili o‘rtacha yurib o‘tgan masofasi orasida bog‘liqlik mavjud

Manba: Internet ma’lumotlaridan foydalangan holda mualliflarning hisob-kitoblari.

Бир xil marka, pozitsiya, ishlab chiqarilgan yil, aksessuarlar bilan jihozlangan avtomobillar uchun oynalarning qoraytirilganligi narxni o‘rtacha 350 dollarga oshiradi. Bugungi kunga qadar oynani qoraytirishning eng keng tarqalgan turiga ruxsat olish uchun qariyb 220 dollar to‘lash kerak bo‘lgan, qo‘shimcha o‘rnatish xarajatlarini ham inobatga olganda bu natijalarning ishonchliligi tasdiqlanadi. Bundan tashqari, konditsioner sovutish tizimi mavjudligi avtomobil narxini 170−200 dollarga oshiradi, shuningdek, audio tizimi o‘rnatilganligi narxni qo‘shimcha 100−120 dollarga, Bluetooth imkoniyati mavjudligi 240 dollarga, premium rusumdagi avtomobillarda linzali optika o‘rnatilganligi 420 dollarga qimmatlashtiradi.

Shu bilan birga, signalizatsiyali va signalizatsiya o‘rnatilmagan bir xil xarakteristikali avtoulovlar narxlari o‘rtasida sezilarli farq topilmadi. Shunga o‘xshash parda, tuman chiroqlari, ksenon, sezgichlar, gidravlikali boshqaruv tizimi, lyuk mavjudligining narxga sezilarli ta’siri aniqlanmadi.

Bir xil parametrlarga ega bo‘lgan avtomobillar taqqoslaganda Captiva 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 9500 dollarni, Cobalt 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 1400 dollarni, Cobalt yevro va milliy versiya narxlardagi farq 300 dollarni, Lacetti 3 va 1-pozitsiya narxlardagi farq 700 dollarni, gazli va gazsiz Lacetti narxlardagi farq 400 dollarni tashkil etdi.

Malibu-2 va Malibu markalari o‘rtasidagi farq taxminan 9000 dollarni tashkil etdi. Matiz va Nexia-2 markalari uchun avtomobilning pozitsiyasi amalda narxga ta’sir qilmasligi aniqlandi, maksimal farq faqat 100−150 dollargacha yetishi mumkin.

Shuningdek, natijalar Nexia-2 ning DOHC va SOHC seriyasiga tegishliligi uning narxiga ta’sir etmasligini ko‘rsatadi. Spark uchun ikkilamchi bozorda 4- va 1-pozitsiyalar qiymatining farqi 1200 dollarni tashkil qildi va yevro versiya narxi 300 dollarga qimmatroqligi aniqlandi.

Har xil rusumdagi va pozitsiyadagi avtomobillarning o‘rtacha narxi

Bir xil sharoitlarda rang ham avtomobillarning narxiga ta’sir qilishi mumkin. Jigarrang, qora, nam asfalt va qizil rang narxning oshishiga olib kelishi aniqlandi.

Narxga ijobiy ta’sir qiluvchi ranglar qatorida oq rangning yo‘qligini bu rang mashinaning narxiga emas, balki likvidligini (sotib olish va sotish intensivligi) oshishiga hissa qo‘shishi bilan izohlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun: veb-skraping (web-scraping) — internetdan ma’lumotlarni avtomatik ravishda olish va yig‘ish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot tizimi. Veb-skraping ishlatishning eng keng tarqalgan yo‘nalishlariga veb-indekslash, elektron tijoratda narxlarni kuzatish va taqqoslash, bozor tadqiqotlari, mahsulotlarni tahlil qilish, savdo ma’lumotlarini to‘plash, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarni o‘rganish kiradi.

Olingan ma’lumotlarning manbai Uznet tarmog‘idagi elektron tijorat saytlari va savdo maydonchalari hisoblanib, taxminan 20 mingta avtomobil haqida ma’lumotlar to‘plandi. Har bir transport vositasi o‘z narxi, rusumi, pozitsiyasi, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel turi, yurgan masofasi, rangi va boshqa parametrlariga ega.

Dastlabki ma’lumotlar avtomobillarning haqiqiy tasnifiga zid bo‘lgan ma’lumotlardan tozalangandan so‘ng tadqiq qilinadigan avtomobillar soni 10 ming darajasida saqlanib qoldi.