Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan, Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura «Gazeta.uz» ga xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, M.A. fuqaro Sh. A.ning turmush o‘rtog‘ini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 30 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.