Toshkent hokimining boshqaruv apparati 4965 dona prezident portretlarini sotib olgan. Ularning umumiy qiymati 999,05 mln so‘mga teng. Bu haqda ma’lumotlarni Davlat xaridlari portaliga yuklangan hujjatda ko‘rish mumkin. Bunga bloger Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.

2020 yil 19 maydagi shartnomaga ko‘ra, portretlar Kolorpak kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Buyurtmaga ko‘ra, har biri 200 ming so‘mlik 2894 dona 59×71lik portret (jami 665,6 mln so‘m), hamda 2071 dona 49×42lik portret (jami 333,4 mln so‘m) sotib olingan.

Ma’lumot uchun, Kolorpak tomonidan chiqarilgan prezident portretining ulgurji narxlari 322 ming so‘m (59×71sm) va 207 ming so‘mни (49×42) tashkil qiladi.

«Gazeta.uz» avvalroq Kolorpak'ning iyun oyida yangi «Ta’lim» darsligining 6 million nusxasini va informatika bo‘yicha 2 million nusxasini nashr etish bo‘yicha bosh pudratchisiga aylangani haqida xabar bergan edi. Kompaniya shartnomani o‘quv yili boshlanishidan 2,5 oy oldin qabul qildi va bu bilan boshqa noshirlar bilan tuzilgan shartnomalar o‘zgartirildi.

Muassislar tarkibi (aniqlik kiritildi)

Kolorpak kompaniyasining «Gazeta.uz» ga ma’lum qilishicha, kompaniya tugatilgan va boshqa STIR bilan qayta tashkil qilingan. 24 noyabr holatiga ko‘ra, Abror G‘aniyev ta’sischilar ro‘yxatiga kiritilmagan.


Korxonalar va tashkilotlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yagona davlat reyestridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kolorpak matbaa uyi 2004 yil may oyida ro‘yxatga olingan.

Kompaniyaning ta’sischilari — Shuxrat Yoqubjonovich Axmedov (34,4%), Ismoil Irkinovich Isroilov (34,4%) va Zo’r TV telekanali (31,2%). Axmedov (50%) va Isroilov (50%), shuningdek, ZO’R TV teleradiokompaniyasiga ham egalik qilishadi.

Shuhrat Ahmedov «Vodiy sadosi» radiostansiyasining raisi bo‘lib, «Tasvir» nashriyot uyining («Tasvir» jurnali, «Optovik» haftaligi) 65 foiz, doimiy tarzda nashrlar va jurnallar chiqaradigan East Star Media`ning 33 foiz ulushiga egalik qiladi (boshqa asoschilar — Firdavs Abduxoliqov, Baxtiyor Fozilov va Timur Rasulov). 2018 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Ismoil Isroilov Whitecity Construction, High Land City, Technologi De Lavenir, Pro FM, Discover-Invest, Durable Beton, Techno Logistic Construction, Crystal Paint, Master Pack va boshqa kompaniyalarda ulushlarga ega. U ilgari Akfa Engineering and Management direktori va direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Aniqlik kiritildi: «Gazeta.uz» dastlabki ma’lumotlarda Kolorpak qayta tashkil etilguniga qadar bo‘lgan muassislarning tarkibini e’lon qilgandi. Bugungi kunda (24 noyabr holatiga ko‘ra) Abror G‘aniyev kompaniya asoschilari ro‘yxatiga kiritilmagan.