O‘tkizilgan tadqiqotlardan olingan natijalarning ikkinchi oraliq tahlillari birinchi in’eksiyadan 28 kun o‘tib Rossiyada ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi 91,4 foiz, birinchi in’eksiyadan 42 kun o‘tib esa 95 foizdan oshishini ko‘rsatmoqda. Bu haqda vaksina ishlab chiqaruvchilari press-relizida aytilmoqda.

Emlangan 14 ming ishtirokchidan 8 kishi COVID-19 yuqtirgan. Platsebo qabul qilgan 4699 kishi orasida ushbu kasallikning 31 ta holati qayd etilgan.

Ishlab chiquvchilar xalqaro bozorlar uchun bitta vaksina dozasi narxini 10 dollardan pastroqqa baholashdi. Rossiya fuqarolari uchun emlash bepul bo‘ladi.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini ham O‘zbekistonga keltirish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar bergan edik.