Davlat kadastrlari palatasiga rais tayinlandi
10 noyabr 2020, 11:52

Davlat kadastrlari palatasiga rais tayinlandi

Moxir Valiyev Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi etib tayinlandi.

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlanishi haqida kelishuv imzolandi
10 noyabr 2020, 11:31

Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar yakunlanishi haqida kelishuv imzolandi

Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘xtatilishi to‘g‘risida bayonot imzoladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjonga yon berib, bir nechta tumanlarni, shuningdek tan olinmagan respublikaning bir qismini Bokuga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Qaror e’lon qilinganidan keyin Yerevanda norozilik namoyishlari va tartibsizliklar boshlandi.

Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
10 noyabr 2020, 11:25

Samarqand viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Bunga qadar Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat olib borgan Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori etib tayinlandi.

Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi
10 noyabr 2020, 10:07

Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi

9 noyabr kuni tunda Ozarbayjon Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Ozarbayjon ushbu hodisa tasodifan sodir etilgani va Rossiyaga qarshi qaratilmaganligi haqida ta’kidlamoqda. Vertolyot ekipajining 2 a’zosi halok bo‘lgan.

Morgenshternga Mercedes-Benz`ni O‘zbekistonga olib kelish qanchaga tushadi?
10 noyabr 2020, 09:49

Morgenshternga Mercedes-Benz`ni O‘zbekistonga olib kelish qanchaga tushadi?

Rossiyalik reper Morgenshtern tanlovda g‘olib bo‘lgan buxorolik yigitga Mercedes-Benz mashinasini sovg‘a qilish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan edi. Musiqachi qimmat «rastamojka»dan shikoyat qilgan edi. Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, Morgenshtern kamida 353,8 mln so‘m ($34 ming) boj to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Samarqand viloyati hokimi «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazishni taklif qildi
9 noyabr 2020, 21:56

Samarqand viloyati hokimi «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazishni taklif qildi

Samarqand viloyatida «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taklifiga binoan 11 noyabrdan 21 noyabrgacha hokimlardan tortib, byudjet tashkilotlari rahbar va xodimlari ishga piyoda borib keladi. Velosiped yoki jamoat transportidan ham foydalanish mumkin.

«O‘zbekneftgaz» AI-95 benzini narxini arzonlashtirdi
9 noyabr 2020, 21:17

«O‘zbekneftgaz» AI-95 benzini narxini arzonlashtirdi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan AI-95 markali benzin narxi arzonlashtirildi.

Xorazmda temir yo‘lda uxlab yotgan mast fuqaro sababli poyezd shoshilinch to‘xtatildi
9 noyabr 2020, 20:48

Xorazmda temir yo‘lda uxlab yotgan mast fuqaro sababli poyezd shoshilinch to‘xtatildi

Mast fuqaro temir yo‘lda uxlab yotgani sababli «Xiva-Urganch-Toshkent» poyezdi 16 daqiqaga to‘xtab qoldi. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti videoanjumanida qatnashadi
9 noyabr 2020, 18:50

Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti videoanjumanida qatnashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tadigan majlisida ishtirok etadi.

«Biror vazirlik yoki hokimiyat moliyaviy nazoratdan ustun bo‘lmasligi kerak» — Timur Ishmetov
9 noyabr 2020, 17:26

«Biror vazirlik yoki hokimiyat moliyaviy nazoratdan ustun bo‘lmasligi kerak» — Timur Ishmetov

«Biror vazirlik yoki hokimiyat davlat moliyaviy nazoratidan ustun bo‘masligi kerak, ungacha foydasi yo‘q», — dedi moliya vaziri Timur Ishmetov. Ma’lum bo‘lishicha so‘nggi ikki yilda 2477 nafar shaxs 371 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Hozirda ular qonun oldida javob bermoqda.

Deputat UzAuto Motors’ni 85 foizlik oldindan to‘lov qilish sharti uchun tanqid qildi
9 noyabr 2020, 17:19

Deputat UzAuto Motors’ni 85 foizlik oldindan to‘lov qilish sharti uchun tanqid qildi

Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, qonunchilikka ko‘ra shartnoma shartlari kuchga kirishi uchun 15% oldindan to‘lov kifoya bo‘lganligi sababli, xaridorlar UzAuto Motors bilan shartnomalar tuzishda oldindan 85 foizdan kamroq miqdorida to‘lov qilishlari mumkin. «Qonun bo‘yicha bunga haqli bo‘lsangiz ham aslo buning iloji yo‘q, chunki ular monopolist diktovkasi bilan tuzilgan shartnomaning bitta harfini ham o‘zgartirishmaydi», — deya ta’kidladi deputat.

Xitoy (6G) aloqa sinovi uchun sun’iy yo‘ldoshini uchirdi
9 noyabr 2020, 17:16

Xitoy (6G) aloqa sinovi uchun sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Xitoy dunyodagi birinchi oltinchi avlod (6G) aloqa sinovi uchun sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Cun’iy yo‘ldoshda ekinlar va o‘rmon yong‘inlarini kuzatish texnologiyalari ham mavjud.

Rossiyadagi yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi
9 noyabr 2020, 16:02

Rossiyadagi yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi

Rossiyaning Samara shahrida uy yonib ketishi oqibatida 4 kishi vafot etdi, 5 nafar odam jarohat oldi. Jarohat olganlar ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

Hyperloop vakuumli kapsula yo‘lovchilar bilan ilk bor sinovdan o‘tkazildi
9 noyabr 2020, 15:47

Hyperloop vakuumli kapsula yo‘lovchilar bilan ilk bor sinovdan o‘tkazildi

Virgin Hyperloop kompaniyasi vakuumli poyezd kapsulasining birinchi yo‘lovchi sinovlarini o‘tkazdi. Tunnel orqali o‘tish paytida yangi transport turi 48 m/s tezlikkacha ko‘tarildi.

Ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi tashkil etiladi
9 noyabr 2020, 15:25 1

Ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi yaratilishi belgilanmoqda. Unga respublikada nashr qilingan ilmiy jurnallardagi maqolalarning elektron shakli kiritiladi.

2021 yildan «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi
9 noyabr 2020, 15:23

2021 yildan «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi

2021 yildan respublikada o‘tkaziladigan xalqaro musiqa festivallari va anjumanlari doirasida «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi o‘tkaziladi. Unda asosiy e’tibor mahalliy va xorijiy san’atshunoslarning o‘zaro hamkorligiga qaratiladi.

Buxoroda sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi
9 noyabr 2020, 15:15

Buxoroda sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i pora olayotganida ushlangan. U karantin qoidalarini buzgan korxonaga jarima tayinlamaslik evaziga 400 AQSH dollari va 500 ming so‘m pora talab qilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi
9 noyabr 2020, 14:49

Maktabgacha ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Davlat maktabgacha ta’lim muassalarida xitoy tilini qo‘shimcha chet tili sifatida o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Toshkentda raqamli bolalar bog‘chasining pilot loyihasini ishga tushirish taklif qilinmoqda.

Hafta o‘rtasida tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
9 noyabr 2020, 14:19

Hafta o‘rtasida tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

10−11 noyabr kunlari mamlakat hududi sovuq havo massalari ta’sirida bo‘lib, quruq ob-havo kuzatiladi. 12 noyabr kuni Volga bo‘yidan sovuq antitsiklon respublikaga kirib keladi. O‘zbekiston hududining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda qorga aylanishi kutilmoqda.

MDH Hukumat rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tdi
9 noyabr 2020, 13:38

MDH Hukumat rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis yakunlari bo‘yicha transport, energetika, qurilish, ta’lim, madaniyat, turizm, jismoniy tarbiya va sport sohalarini, shuningdek, yoshlar siyosatini rivojlantirishga oid jami 23 hujjat imzolandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting