23 noyabr kuni tunda Sirdaryo viloyati Shirin shahar Amir Temur mahallasi Ibn Sino ko‘chasidan o‘tuvchi gaz tarmog‘ida avariya holati ro‘y bergan. Bu haqda Shirin shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Bunga boshqaruvni yo‘qotgan haydovchining avtotransport vositasida gaz quvuriga borib urilishi sabab bo‘lgan.


Foto: Shirin shahar hokimligi.

Xabarga ko‘ra, «Shirinshahargaz» gaz ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan muammo bartaraf etildi. Hodisa sababli gaz ta’minoti butun shahar bo‘ylab soat 3:00 dan 9:00 gacha uzib qo‘yilgan.