Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha , Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Jamshid Nasriddinov tasdiqlandi.

Avvalgi hokim A’zamxon Bahromov vafot etgandan so‘ng, uning o‘rniga Qilichbek Xudoyberdiyev tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangandi.