Bundan bir necha kun oldin Andijonda yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgan 43-maktab o‘quvchilari haqida xabar bergan yedik. Keyinchalik ushbu maktab direktori hamda uning o‘rinbosari ishdan olinganini ma’lum bo‘ldi.

20 noyabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Axborot-kutubxona markazi ochildi, deb xabar bermoqda Baxmal tumani hokimligi axborot xizmati. Ushbu ochilish marosimida milliy libos kiygan qizaloqlar qator qilib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Kun.uz nashri 20 noyabr, shanba kuni Baxmal tumanida ob-havo kechasi -11 daraja sovuq, kunduzi eng «isigani» -2 daraja sovuq bo‘lganligiga e’tibor qaratgan.